Йулларини капитал таъмирлаш ва сув кувурларини алмаштириш масаласи
Агар йўл шаҳар ёки туман ҳокимлиги тасарруфида эканлиги маълум бўлса, Ўзбекистон Республикасининг “Автомобиль йўллари тўғрисида”ги Қонунининг 7 ва 13-моддаларига асосланиб тегишли туман ёки шаҳар ҳокимлиги томонидан кўриб чиқилади.
Агар йўл умумий фойдаланишдаги автомобиль йўллари рўйхатида эканлиги аниқланса, йўлнинг капитал таъмирлашга муҳтож қисмини Автомобил йўллари давлат қўмитаси томонидан капитал таъмирлаш дастури лойиҳасига киритилиб, ўрнатилган тартибда дастур лойиҳаси Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасига таклиф киритилади.
Куприк куриб бериш масаласи
Агар йўл шаҳар ёки туман ҳокимлиги тасарруфида эканлиги маълум бўлса, Ўзбекистон Республикасининг “Автомобиль йўллари тўғрисида”ги Қонунининг 7 ва 13-моддаларига асосланиб тегишли туман ёки шаҳар ҳокимлиги томонидан кўриб чиқилади.
Умумфойдаланувдаги автомобиль йўлларини қуриш, реконструкция қилиш Инвестиция дастурига асосан амалга оширилиши, Инвестиция дастури шакллантирилишида инобатга олиниб, йўл ва кўприк қуриш (ёки реконструкция) бўйича таклифлар Иқтисодиёт вазирлиги, Молия вазирлиги ва бошқа вазирлик ва идораларга киритилади.
Автобекатда дукон куриш масаласи
Умумий фойдаланишдаги автомобиль йўлларида жойлашган автобекатларда савдо дўкони қурилиши ҳаракат хавфсизлигига салбий таъсир кўрсатиши, бундан ташқари автомобиль йўлларининг ушбу қисмларида сунъий тирбандликлар ҳосил қилиши мунособати билан автобекатларда савдо дўкони қурилиши мақсадга мувофиқ эмас.
Ишга жойлашиш бўйича
Меҳнат қонунчилигида факат вакант жой бўлган тақдирдагина ишга қабул қилиниши кўрсатилган бўлиб, ишга қабул қилишда сохавий маълумотига, лавозим йўриқномасидаги талабларга мос келидиган ходимлар ишга қабул қилиниши тушунтирилган.
Sizga shuni yozib malum qilamanki, Sirg’ali tumani Sputnik 4 dahasida joylashgan 459 son maktabgacha talim muassasiga kirish oldidagi yo’l tamirtalash ahvolga kelib qolgan. Sizlardan mazkur yo’lni tamirlab berishingizni so’raymiz.
“O’zavtoyo’l” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi umumfoydalanuvdagi halqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo’llariga hizmat ko’rsatadi.“Avtomobil yo’llari to’g’risida” gi qonuniga binoan Savolda ko’rsatilgan masala kompaniya vakolatiga kirmasligi hamda ushbu qonunning 7 moddasiga asosan shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko’chalarini, shuningdek ho’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, tamirlash hamda saqlash mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kirishini inobatga olib, hududingizdagi hokimiyatga murojat qilishingiz maqsadga muvofiqligini malum qiladi.
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Istiqlol QFY mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan Savol.Qorasu ko’chasi ancha yillardan beri asfalt qilinmagan, bolalarimiz loy balchiqqa botib 1 km yo’l bosib maktabga borishadi, albatta bu masalada hokimlikning etiborsizligi turadi, bunga qanday qaraysizlar.
“O’zavtoyo’l” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi Savolni ko’rib chiqib,O’zbekiston Respublikasi “Avtomobil yo’llari to’g’risida” gi qonuniga binoan Savolda ko’rsatilgan masala kompaniya vakolatiga kirmasligi hamda ushbu qonunning 7 moddasiga asosan shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko’chalarini, shuningdek ho’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, tamirlash hamda saqlash mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kirishini inobatga olib, “Fuqarolar murojaati to’g’risida” gi qonunining 17 moddasi talablariga muvofiq, Toshkent viloyati hokimligiga taalluqligi bo’yicha ko’rib chiqish uchun yuborildi.
Jizzah viloyati Bahmal tumani oqsoqollari tomonidan yozilgan Savol.
Qishloqlari orqali o’tuvchi Respublika ahamiyatidagi avtomobil yo’li ko’p yillardan buen tamirlanmaganligi, yo’lning ahvoli qoniqarsizligini inobatga olib loyiha smeta hujjatlari tuzilib to’la tamirlash rejasiga kiritilishi so’ralgan.
“O’zavtoyo’l” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi Savolni kompaniya mutahassislari tomonidan ko’rib chiqib, natijasi bo’yicha quyidagilarni malum qiladi.Savolda ko’rsatilgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo’li kompaniya tizimidagi “Markaziy” halqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo’llarini saqlashga ihtisoslashtirilgan tamirlash foydalanish korhonasiga tegishli bo’lib, unga shartnoma asosida ajratilgan limit mablag’lari doirasida Bahmal tuman yo’l korhonasi tomonidan joriy tamirlash va saqlash ishlari amalga oshirilmoqda.Avtomobil yo’lini ayrim qisimlari tamirtalab bo’lib, qo’shimcha mablag’ ajratilishi uchun Moliya Vazirligi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasiga murojaat qilinganligini bildiradi.