Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" DAKning 2014 yil 9 oyligi yakunlari bo'yicha MA'LUMOT

8361 28 Август, 2015 Чоп этиш Юклаб олиш (PDF 93 Kb)

Bugungi kunda respublika avtomobil yo'llari tarmog'ining umumiy uzunligi 183 685 km.ni tashkil etmoqda. Jumladan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari 42 654 km.ni (shundan, xalqaro yo'llar – 3979 km., davlat ahamiyatidagi yo'llar – 14066 km., mahalliy yo'llar – 24609 km.), shaharlar va boshqa aholi punktlari ko'chalari 61 664 km.ni, hamda xo'jalik avtomobil yo'llari 79 367 km.ni tashkil etmoqda.

Joriy yilning 9 oyligida "O'zavtoyo'l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mehnat jamoalari tomonidan 42 654 km. uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari va undagi barcha muhandislik inshootlari O'zbekiston Respublikasi "Avtomobil yo'llari to'g'risida"gi qonuniga muvofiq texnik soz holatda saqlandi, yo'l harakati xavfsizligi va uzluksizligi ta'minlandi.

"O'zavtoyo'l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi tashkilot va korxonalar tomonidan 2014 yilning 9 oyligida 947,0 mlrd. so'mlik (2013 yilning shu davriga nisbatan 116,7 %) yo'l qurilish, ta'mirlash, saqlash va tashqi pudrat ishlari bajarildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi PQ-1446-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O'zbek milliy avtomagistrali" tarkibiga kiruvchi avtomobil yo'llari uchastkalarini qurish va rekonstruktsiya qilish dasturiga asosan jami 61 ta (shundan 45 tasi (401 km.) oldingi yillardan o'tuvchi, 16 tasi (133 km.) yangi boshlanadigan ob'ektlar) ob'ektda 534 km. uzunlikdagi (422 km. asfaltobeton va 112 km. tsementobeton qoplamali) avtomobil yo'llarini foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan.

Shundan hisobot davrida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi tomonidan 212,0 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilinib, bu borada rejadagi 365,4 mlrd. so'm o'rniga 370,2 mlrd. so'mlik (101,3%) qayta qurish ishlari bajarildi (2013 yilning 9 oyligiga nisbatan 100,6 %).

Jumladan:

— A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining 450-475-km. qismidagi 2,5 km. (Andijon viloyati);

— M-39 "Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yo'lining 928 — 939-km. qismidagi 5 km. (Samarqand viloyati) va 962 — 982-km. qismidagi 20 km. 1240 — 1265-km. qismidagi 8 km., 1265 — 1297-km. qismidagi 4,4 km. va 1297 — 1315-km. qismidagi 6 km. (Qashqadaryo viloyati), 1315 — 1330-km. qismidagi 4 km. (Surxondaryo viloyati);

— M-37 "Samarqand-Buxoro-Ashxobod-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining 9 — 11-km. qismidagi 1,7 km., 73 — 83-km. qismidagi 6 km. va 116 — 126-km. qismidagi 5 km. (Samarqand viloyati), 241 — 261-km. qismidagi 4,6 km., 311 — 321-km. qismidagi 10 km. va 336 — 346-km. qismidagi 10 km. (Buxoro viloyati);

— A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beynov" 188 — 198-km. qismidagi 8 km. va 198 — 208-km. qismidagi 8 km. (Buxoro viloyati);

— 4R87 "G'uzor-Chim-Ko'kdala" avtomobil yo'lining 18 — 38-km. qismidagi 20 km. (Qashqadaryo viloyati);

— "Termiz xalqaro aeroporti — Xayroton ko'prigi" (Shimoliy yo'nalish)avtomobil yo'lidagi 2,5 km. (Surxondaryo viloyati);

— 4R-143 "Farg'ona sh.-Quvasoy sh." avtomobil yo'lining 0 — 5,5-km. qismidagi 5,5 km. (Farg'ona viloyati) va boshqa avtomobil yo'llaridir.

Respublikamiz mustaqilligining 23 yilligi shodiyonasi arafasida Kompaniya avtoyo'lchilari tomonidan Poytaxtimizning Xurshid va Beruniy ko'chalari oralig'idagi qismida 5,1 kilometrdan iborat G-50 (Nurafshon ko'chasi) yangi aylanma avtomobil yo'lini qurilib, foydalanishga topshirildi.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan 168,8 mlrd. so'mlik kapital ta'mirlash ishlari bajarildi.

Respublikamizning umumiy foydalanishdagi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi 42654 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llarida 2014 yilning 9 oyligi davomida jami 346,0 mlrd. so'mlik saqlash va joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan: avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash ishlarida 218,1 mlrd. so'mlik, avtomobil yo'llari holatini saqlash ishlari bo'yicha 127,9 mlrd. so'mlik ishlar bajarildi.

2013 yilda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida va uning tarkibidagi sun'iy inshoatlarda tabiiy ofat tufayli yuzaga kelgan turli darajadagi buzulishlarni tiklash bo'yicha 103 ta ob'ektda 33,4 mlrd so'mlik qurilish-montaj ishlari bajarilib, ob'ektlar o'rnatilgan tartibda qayta foydalanishga topshirildi.

2014 yilning 9 oyligida kompaniya korxonalariga jami 317 ta yangi texnikalar olindi. Shundan, 156 ta texnika Respublika yo'l jamg'armasi mablag'lari hisobidan xarid qilingan bo'lsa, 161 ta texnika korxonalarning o'z mablag'lari, lizing va bank kreditlari hisobidan sotib olingan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 noyabrdagi PQ-2069-sonli qaroriga asosan Respublika yo'l jamg'armasi mablag'lari hisobidan "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxonalarining sanoat va ishlab chiqarish bazalarini modernizatsiya qilish ishlari uchun 35,0 mlrd.so'm miqdoridagi mablag'lar ajratildi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan kompaniyaga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 2014 yilning 9 oyligida o'sish sur'atlari 103,5 % miqdorida belgilangan bo'lib, kompaniya tizimidagi sanoat va yordamchi ishlab-chiqarish xo'jalik korxonalari tomonidan hisobot davrida qiyosiy narxlarda 156,0 mlrd.so'mlik, 2013 yilning shu davriga nisbatan esa qiyosiy narxlarda 103,6 % dan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Jumladan, Kompaniya tizimidagi temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Qo'yliq ko'priklar temirbeton qurilmalar tajriba zavodi tomonidan joriy yilning 9 oyligida 117,3 ming tonna yig'ma temir-beton konstruktsiyalari va jihozlari ishlab chiqarildi. Shuningdek, asfaltbeton mahsuloti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Toshkent viloyatida joylashgan yana bir yirik "Toshvilyo'lsanoat" sanoat korxonasi tomonidan hisobot davrida 231,7 ming tonna asfaltbeton mahsuloti ishlab chiqarildi va avtomobil yo'llarini ta'mirlash ishlari uchun yetkazilib berildi.

O'z navbatida, kompaniya tizimidagi sanoat va yordamchi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan joriy yilda avtomobil yo'llari va ulardagi sun'iy inshootlarni qurish, qayta qurish va ta'mirlash ishlari uchun zarur bo'ladigan yo'l qurilish materiallarini yetkazib berish bo'yicha tegishli choralar ko'rildi.

Kompaniya tomonidan 2014 yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini yaratish dasturi parametrlariga muvofiq 180 ta yangi ish o'rinlari ochilishi ko'zda tutilgan. Amalda esa yilning 9 oyligida kompaniya tizimidagi korxonalarda 782 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Tizim korxonalari tomonidan joriy yilning 9 oyligida byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg'armalarga 171,7 mlrd.so'm miqdorida (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 134 % ga ortiq) to'lovlar amalga oshirildi.

Xususan, byudjetga – 111,1 mlrd. so'm (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 131,0 %), byudjetdan tashqari maqsadli jamg'armalarga – 60,6 mlrd. so'm (o'tgan yilning shu davriga nisbatan 136,0 %) to'lovlar amalga oshirildi.

Интерактив xизматлар

Ягона интерактив давлат xизматлари портали