Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi

16430 28 Август, 2015 Чоп этиш Юклаб олиш (PDF 86 Kb)

LexUz — O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 5 avgustdagi 304-sonli "Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish vahuquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorini bajarish maqsadida yaratilgan.

LexUz ning maqsadi, aholining huquqiy madaniyati darajasini ko'tarish, qonunchilik hujjatlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning keng foydalanish imkoniyatini ta'minlash, jamiyatni huquqiy axborotlashtirish tizimini takomillashtirishdan iboratdir.

LexUz foydalanuvchilarga Internet orqali normativ-huquqiy hujjatlarni olishga imkoniyat yaratadi. Tizimdan foydalanish uchun Internetga ulangan kompyuter (yoki boshqa uskunalar) va ro'yxatdan o'tish uchun foydalanuvchining haqiqiy elektron pochta manzili kerak. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng foydalanuvchining elektron pochta manziliga tizimga kirish uchun login va parol so'z yuboriladi. Shuning uchun, ro'yxatdan o'tayotganda to'g'ri va mavjud elektron pochta manzili kiritish juda ham muhimdir. LexUz foydalanuvchilari tizimdan normativ-huquqiy hujjatlarni topish mumkin. Ular orasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, kodekslar va qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmonlari, Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tgan idoraviy normativ va boshqa hujjatlar mavjud.

LexUz tizimi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta'minlash markaziga tegishlidir va bu tizimdagi ma'lumotning ishonchliligini ta'minlaydi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 31 dekabrdagi 340-sonli "Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan 2010 yil 1 yanvardan boshlab barcha foydalanuvchilarning Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasidan tekin foydalanishi bergilangan.

Интерактив xизматлар

Ягона интерактив давлат xизматлари портали