Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Public Council

9678 Print Download (613 Kb)


                        

  O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi huzuridagi jamoatchilikkengashi to'g'risidagi

NIZOM

1-          bob. Umumiy qoidalar

1.      Mazkur Nizom(keyingi o'rinlarda Nizom deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llaridavlat qo'mitasi (keyingi o'rinlarda - qo'mita) xuzuridagi jamoatchilik kengashining(keyingi o'rinlarda - jamoatchilik kengashi) asosiy vazifalari, funktsiyalari, vakolatlaryniva faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2.      Jamoatchilikkengashi o'z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchimaslahat-kengash organi hisoblanadi.

3.      Jamoatchilikkengashi qo'mitaning markaziy apparati huzurida tashkil etiladi va uning faoliyatiqo'mitanining barcha hududiy bo'linmalari hamda tasarrufidagi tashkilotlariga tatbiqetiladi.

4.      Jamoatchilikkengashi qo'mita raisining buyrug'i bilan tashkil etiladi.

5.       Jamoatchilik kengashining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.

6.      Jamoatchilik kengashi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiva qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkurNizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

7.      Jamoatchilik kengashi to'g'risidagi nizom va unga kiritiladigan o'zgartishlarhamda qo'shimchalar qo'mita raisining buyrug'i bilan tasdiqlanadi.

2-      bob. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlariva majburiyatlari

8.      Quyidagilar jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:

qabul qilinayotgannormativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiyrivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobgaolinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini,jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosinita'minlash, qo'mita zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va  jamoatchilik manfaatlarigadaxl qiluvchi vazifalar va funktsiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini ko'rsatish,ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalarva dasturlarni ro'yobga chiqarish bo'yicha qo'mita va uning mansabdor shaxslariningfaoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

birgalikda muloqotqilish, qo'mitaning nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalariva fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta'minlashuchun qo'mitani fuqarolar bilan bog'lab turadigan "ko'prik" rolini bajarish;

fuqarolarninghuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalaryuzasidan qo'mitaning faoliyati haqidagi jamoatchilg/k fikrini tizimli monitoringqilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik so'rovlar o'tkazish, jumladanularni axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o'tkazish;

qo'mita faoliyatidakorruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarniishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korruptsiyaga qarshi kurashishbo'yicha olib borilgan ishlar ustidan motsitoring va tahlil o'tkazish, shuningdek,ularning natijalari bo'yicha takliflar tayyorlash;

qo'mita faoliyatiningochiqligini ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish,uning faoliyati to'g'risida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish,ularni yanada kengaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

qo'mita faoliyatiniisloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o'rganishva ularni yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

qo'mita faoliyatibo'yicha fuqarolar o'rtasida o'tkaziladigan tushuntirish ishlari va ma'naviy-ma'rifiytadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflarishlab chiqish;

qo'mita xodimlariva ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ulargamalakali tibbiy yordam ko'rsatish sharoitlaryni, shuningdek, ishdan bo'shatilganyoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish bo'yicha muammolarnikompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari bo'yicha mazkur sharoitlarni yaxshilashyuzasidan takliflar kiritish.

9.        Jamoatchilik kengashi o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagifunktsiyalarni bajaradi:

qo'mitaning faoliyatigadoir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolikjamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda murojaatlarini ko'rib chiqishdaishtirok etadi, shuningdek, ularni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha qo'mitagategishli takliflar kiritadi;

qo'mitaning fuqarolar,nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilano'zaro hamkorligini  tahlil qiladi, shuningdek, hamkorlikni takomillashtirishyuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

qo'mita faoliyatigataalluqli uning normativ-huquqiy hujjatlari va qarorlarini takomillashtirish, ulardagimavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek,kiritilgan takliflarni qo'mita xodimlari o'rtasida muhokama qilishga bag'ishlangantadbirlarni tashkil etishda qatnashadi;

davlat dasturlariloyihalarini, tadbirlar rejalarini va qo'mita faoliyatiga, taalluqli, shu jumladankorruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidantakliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishda vakolatlaridoirasida ishtirok etadi, bajarilgan ishlarning samaradorligini tahlil qiladi, shuningdek,yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

qo'mita rahbarlariva xodimlarining fuqarolar bilan uchrashuvlarini, shuningdek, jismoniy va yuridikshaxslar murojaatlarini ko'rib chiqish bilan bog'liq ishlarni tashkil etishda, shujumladan joylarga borib tashkil etishda qatnashadi, ularning amalga oshirilishiustidan monitoring o'tkazadi;

qo'mita xodimlariva ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ulargamalakali tibbiy yordam ko'rsatish sharoitlarini yaxshilashda, shuningdek, ishdanbo'shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish muammolarinihal etishda ko'maklashadi;

xodimlar va ularningoila a'zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalalari bo'yicha qo'mita xodimlario'rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etadi;

qo'mita, uningxududiy bo'linmalarida va tasarrufidagi tashkilotlarida sog'lom ishchanlik muhitinirivojlantirish, qonuniylikni, yuksak huquqiy madaniyat va axloqiylikni ta'minlash,xodimlarda Vatanga sodiqlik ruhini va qonunlarga bo'lgan hurmatni kuchaytirish,ularni ijtimoiy, siyosiy, ruhiy va ma'naviy-ma'rifiy kamol toptirish, shuningdek,mazkur sohadagi ilmiy-ma'rifiy va o'kuv adabiyotlarini takomillashtirish bo'yichatakliflar ishlab chiqadi;

mamlakatda vaxorijda keng jamoatchilikni qo'mita faoliyatini isloh qilish bo'^icha amalga oshirilayotgantizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda xabardor qilishni ta'minlaydi hamdamavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarishlab chiqadi;

qo'mita faoliyatigabag'ishlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar, davrasuhbatlarini tashkil etishda ishtirok etadi;

qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo'yicha bajarilayotganishlarning natijalarini tahdil qiladi, ularning samaradorligini oshirish va mavjudkamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviyaxborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilanhamkorlik qiladi.

10.        Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarishuchun:

qo'mita tomonidantashkil etiladigan bo'lajak ochiq hay'at majlislari va boshqa ommaviy tadbirlarto'g'risidagi axborotni oldindan olish hamda'-mazkur tadbirlarda ishtirok etish;

qo'mitaning,jumladan uning hududiy bo'linmalari va tasarrufidagi tashkilotlarining binolari(xonalari) va boshqa ob'ektlarini qonun xujjatlarida belgilangan tartibda boribko'rish;

qo'mita, uninghududiy bo'linmalari va tasarrufidagi tashkilotlari rahbarlariga jamoatchilik kengashivakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taqliflar kiritish;

qo'mita faoliyatisamaradorligini oshirish bo'yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamdaamalga oshirish uchun zarur bo'lgan qo'mitaning axborotlari, statistika va boshqamateriallarini belgilangan tartibda olish;

qo'mitaning qonunijodkorligi faoliyatida, qo'mita tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlarloyihalarining jamoatchilik va ekspertlar muhokamasini ta'minlashda ishtirok etish;

jismoniy va yuridikshaxslar murojaatlariga qo'mita tomonidan berilgan javoblarning sifatini tanlabolgan holda taxdil qilish;

qo'mita xodimlariningroziligi bilan ularning uy-joy, ijtimoiy- maishiy va xizmat shart-sharoitlari bilantanishish;

jamo^tchilikkengashi majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo'yicha ommaviyaxborot vositalari bilan hamkorlik qilish; •

yuklatilgan vazifalarnibajarish uchun konferentsiyalar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqatadbirlarni tashkil etish huquqiga ega.

Jamoatchilikkengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

11.     Jamoatchilik kengashi o'z faoliyatini amalga oshirishda:

jamo^tchiliknazorati to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishi;

qo'mita faoliyatibilan bog'liq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga amal qilishi;

qo'mita va uningmansabdor shaxslarining o'z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatigaaralashmasligi;

qo'mitd va uningmansabdor shaxslari faoliyat ko'rsatishi uchun to'sqinlik qilmasligi;

fuqarolarningor-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishgayo'l qo'ymasligi;

jamoatchiliknazoratini amalga oshirish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatishqonun bilan cheklangan bo'lsa, maxfiyligiga rioya qilishi shart.

Jamoatchilikkengashining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishimumkin.


                                4-bob. Yakunlovchi qoidalar

32.       Jamoatchilikkengashining faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta'minlash qo'mita tomonidan, shuningdek,qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

33.       Jamoatchilikkengashining faoliyati uning nizomiga va O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarigamuvofiq ekanligi qo'mitaning|rahbari tomonidan nazorat qilinadi.

34.       Jamoatchilikkengashining va qo'mita raisining jamoatchilik kengashi faoliyati bilan bog'liqqarorlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.





Avtomobil yo'llari qo'mitasining jamoatchilik kengashining 2023-yil uchun ish rejasi



 

Interactive services

The Single Portal of interactive state services