ODAMLARNI BIRLASHTIRGAN "TASHABBUSLI BYUDJET" LOYIHA SAMARASI MAHALLARDA O'Z AKSINI TOPMOQDA
2021 yilda eksperiment tariqasida boshlangan "Tashabbusli budjet" 2 yil ichida yirik loyihaga aylandi.
Odamlarning o'z
soliqlarini o'zlari taqsimlashdagi faolligi esa yurtboshimiz Shavkat
Mirziyoyevni ham bee'tibor qoldirmadi. Davlat rahbarining topshirig'i
bilan joriy yilda fuqarolar tashabbuslariga 3,5 barobar ko'p mablag'
ajratildi.
Andijon viloyatida ham mazkur loyiha juda katta ijobiy natija
beryapti. Odamlar bu jarayonlarda bevosita o'zlari ishtirok etishib, o'zlari
yashayotgan hududning infratuzilmalarni yaxshilash maqsadida bir yoqadan bosh
chiqarib ovoz berishmoqda.
Andijon viloyati Xonobod shahrida ham vatan ichra kichik vatan hisoblanmish
mahallalar obodligi o'z navbatida insonlar kayfiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Loyihada g'olib bo'lgan "Navoiy" mahallasida ayni kunlarda ta'mirlash ishlari
jadallik bilan boshlanib, yo'lsozlar tomonidan ko'chalar asfaltlanmoqda.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi
Axborot xizmat