Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"Taxtaqoracha" dovonida avtotransportlar harakati tiklandi

2134 February 7, 2022 Print Download (PDF 16 Kb)


Bugun, 7-fevral kuni soat 08:30 dan Samarqand viloyatining Urgut tumanidan o'tgan M-39 avtomobil yo'lining "Taxtaqorcha" dovoni avtomobillar harakati uchun ochildi.


Kecha M-39 avtomobil yo'lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor navtijasida yo'lning yuza qismida muzlamalar hosil bo'lganligi sababli dovonda harakat to'xtatilgan edi.

Ayni vaqtda, yo'lsozlar va tegishli tashkilotlar hamkorligida zudlik bilan tegishli choralar ko'rilib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan.

Hozirda avtotransport vositalari to'liq harakatlanmoqda.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi Axborot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services