Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

2018 -2019 yillar I -yarim yillik yakunlariga ko'ra Avtomobil yo'llari qo'mitasining asosiy faoliyat ko'rsatkichlari to'g'risida taxliliy MA'LUMOT

4567 July 30, 2019 Print Download (PDF 232 Kb)


T/r Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatgichlar O'lchov birligi 2018 y I-yarim yillik amalda 2019 y I-yarim yillik amalda 2018 yilning I-yarim yillikka nisbatan(%)
Bajarilgan ish xajmi, jami

mlrd.so'm 1102,4 1883,3 170,8
shu jumladan:
1 Investitsiya dasturi bo'yicha mlrd.so'm 218,7* 600,9* 274,8
km 97,7 98,6 100,9
2To'la ta'mirlash ishlari mlrd.so'm 82,7199,5241,2
km 21,5 85,5 397,7
3 Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash mlrd.so'm 124,91 326,8 261,6
km 1342,7 2277,0 169,6
4 Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlarimlrd.so'm676,1656,1111,8
km 1275 1144 89,7
5 Yangi ishjoylarini yaratish kishi232 280 120,7
6Qora metall chiqindilarini topshirishtonna87928801100,1


          Qo'mita tizimidagi korxona va tashkilotlarda 2019 yilning I –yarim yilligi davomida Investitsiya dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 600,9 mlrd. so'mlik  qurishva rekonstruktsiya qilish  ishlari amalga  oshirildi. Ushbu ko'rsatkich  2018 yilning xuddishu davriga nisbatan  274,8 foizni tashkil etadi.


           Bundan tashqari to'la  ta'mirlash  dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 199,5 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu  ko'rsatkich esa o'tgan yilining I –yarim yillikka  nisbatan 241,2 foizga oshgan.

 

2018-2019 yillarning  I-yarim yillik yakunlariga ko'ra asosiy faoliyat ko'rsatgichlarining taqoslama diagrammasi



2019 yilning I –yarimyillik  yakunlari bo'yicha Respublikamizdagi 2277 km mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlandi. Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 141,1 km, Andijonda 315,7km, Buxoroda 129,0 km, Jizzaxda 89,1 km, Qashqadaryoda 173,1 km, Navoiyda 227,6 km, Namanganda 238,2 km, Samarqandda 238,2 km, Surxandaryoda 147,0 km, Sirdaryoda 121,8 km,Toshkent viloyatida 119,3 km, Farg'onada 296,8 km, Xorazmda 129,8 km hamda Toshkent shahrida 32,1 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida  ta'mirlash ishlari olib borildi. Mintaqaviy ichki yo'llar ta'miri hajmi esa o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan  169,5 foizni tashkil etadi.

        2019 yil I-chorak yakuniga ko'ra mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash (xududlar kesimidagi diagramma)



2019yil I–yarim yillik  davomida Respublika bo'yicha  avtomobil yo'llarida 42695 km uzunlikdagi yo'llardan 756,1 kmdan iborat qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu esa 2018 yilining  I –yarim yillikka qaraganda 111,8 foizni tashkil etadi.

Tizim korxonlari tomonidan 2019 yil I –yarimyillikda   280 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2018 yilining mos ravishdagi tegishli davriga qaraganda 120,0 foizni tashkil etadi.

Korxonlar tomonidan qora metall chiqindilari topshirish ko'rsatkichi 2019 yil I –yarim yillikda   8801 tonnani  tashkil etadi. Bu – qariyb o'tgan yilgi darajada qolib, kamayishga yo'l qo'yilmagan.

Xulosa qilib aytganda, Avtomobil yo'llari  qo'mitasining 2019 yil I–yarim yillikda –umumiy bajarilgan ishlar xajmi – 1883,3 mlrd. so'mlikdan iborat. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning I–yarim yillikka nisbatan  170,8 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.


Interactive services

The Single Portal of interactive state services