O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PQ-3507-sonli qarori (Investitsiya dasturi) asosida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va qayta qurish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2775-sonli "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish to'g'risida"gi qarorlarini ijrosi bo'yicha ma'lumot.
2018 yil 1-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar
Investitsiya dasturi bo'yicha:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi
PQ-3507-sonli qarori (Investitsiya dasturi) asosida umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va qayta qurish ishlarida
jami 218,7 mlrd. so'mlik yo'l ishlari bajarilib, 97,7 km. uzunlikdagi
avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi. Jumladan:
A-380
"G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 698-753 km, 916-964 km
qismilarini rekonstruktsiya qilish ob'ekti bo'yicha 16 km avtomobil
yo'li rekonstruktsiya qilindi;
A-373 "M-39
a/y-Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon va Andijon orqali-O'sh" avtomobil
yo'lining 385-405 km qismini rekonstruktsiya qilish ob'ekti bo'yicha 5
km avtomobil yo'li rekonstruktsiya qilindi;
A-380
"G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 315-355 km qismini
rekonstruktsiya qilish ob'ekti bo'yicha 40 km avtomobil yo'li
rekonstruktsiya qilindi;
Ta'mirlash dasturi bo'yicha:
Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi
avtomobil yo'llarida 82,7 mlrd. so'mlik yo'llarni mukammal ta'mirlash
ishlari amalga oshirilib, 21,5 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llari
kapital ta'mirlandi. Jumladan:
4R-153 "Qo'qon sh.-Mingtut
q.-Aeroport-Sariqurg'on q" avtomobil yo'lining 0-3 km qismini to'la
ta'mirlash ob'ekti bo'yicha 3 km avtomobil yo'li to'la ta'mirlandi;
4R-35 "Jizzax sh.(4r38 avtoyo'li) - Paxtakor sh. - Dustlik sh. -
Gagarin sh. - M39 avtoyo'li (918 km)." avtomobil yo'lining 31-34,7 km
qismini to'la ta'mirlash ob'ekti bo'yicha 3,7 km avtomobil yo'li to'la
ta'mirlandi.
Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash bo'yicha:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi
PQ-2775-sonli "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini
rivojlantirish Dasturi to'g'risida"gi qaroriga asosan 2018 yilda
uzunligi 2754 km bo'lgan mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash uchun 368,0
mlrd.so'm (Respublika yo'l jamg'armasi hisobidan 178,4 mlrd.so'm,
Mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan 189,6 mlrd.so'm) mablag'
ajratilishi belgilab olindi.
Belgilangan dastur asosida
ob'ektlarning manzil ro'yxatlari shakllantirilib, tasdiqlandi va qaror
talablaridan kelib chiqib, "Yo'l loyiha byurosi" MChJ va uning
joylardagi filiallari tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib,
ob'ektlarning ekspertiza xulosalari olindi.
Joylardagi
"Mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmati" DUK va Qo'mita tarkibidagi
korxonalar o'rtasida pudrat shartnomalari tuzilib, yo'l ishlari amalga
oshirilmoqda.
Dastur doirasida joriy yilning I yarim yilligida
mintaqaviy avtomobil yo'llarida jami 124,9 mlrd.so'mlik ta'mirlash
ishlari bajarilib, 1 342,7 km uzunlikdagi yo'llar ta'mirlandi, bu yillik
rejaning 49,0 foizini tashkil etmoqda.
Jumladan:
Qoraqalpog'iston Respublikasida - 4,8 mlrd.so'mlik ishlar bajarilib 41,0
km ichki yo'llar ta'mirlandi (yillik rejaning 28 foizi)
Andijon viloyatida - 185,7 km ichki yo'llar 16,9 mlrd.so'mga (113 foiz)
Buxoro viloyatida - 111,9 km ichki yo'llar 8,0 mlrd.so'mga (50 foiz)
Jizzax viloyatida - 48,1 km ichki yo'llar 4,0 mlrd.so'mga (43 foiz)
Qashqadaryo viloyatida - 114,9 km ichki yo'llar 9,7 mlrd.so'mga (34 foiz)
Navoiy viloyatida - 91,1 km ichki yo'llar 8,1 mlrd.so'mga, (84 foiz)
Namangan viloyatida - 143,9 km ichki yo'llar 16,5 mlrd.so'mga (92 foiz)
Samarqand viloyatida - 111,8 km ichki yo'llar 12,2 mlrd.so'mga (46 foiz)
Sirdaryo viloyatida - 36,7 km ichki yo'llar 3,9 mlrd.so'mga (27 foiz)
Surxondaryo viloyatida - 173,6 km ichki yo'llar 13,0 mlrd.so'mga (64 foiz)
Toshkent viloyatida - 84,1 km ichki yo'llar 11,0 mlrd.so'mga (32 foiz)
Farg'ona viloyatida - 121,8 km ichki yo'llar 11,0 mlrd.so'mga (46 foiz)
Xorazm viloyatida - 64,8 km ichki yo'llar 4,1 mlrd.so'mga (40 foiz)
Toshkent shahrida - 13,4 km ichki yo'llar 1, mlrd.so'mdan (8 foiz)
ortiq ichki xo'jaliklararo mintaqaviy avtomobil yo'llarida ta'mirlash
ishlari amalga oshirildi.
Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash va
rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish monitoringi boshqarmasi va
Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari hududiy
bosh boshqarmalari tomonidan dastur doirasida ichki avtomobil yo'llarini
ta'mirlash bo'yicha belgilangan parametrlar ijrosini o'z vaqtida va
to'liq ta'minlashning borishi yuzasidan kunlik monitoring olib
borilmoqda.