Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

2018-2019 yillar I -chorak yakunlariga ko'ra Avtomobil yo'llari qo'mitasining asosiy faoliyati bo'yich ko'rsatkichlari to'g'risida taxliliy ma'lumot.

4861 May 27, 2019 Print Download (PDF 154 Kb)


T/r Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatkichlar O'lchov birligi 2018 yil I-chorak amalda 2019 yil I-chorak amalda 2018 yilning I-choragiga nisbatan(%)
Bajarilgan ish xajmi, jami

mlrd.so'm 449,6 598,4 133,1
shu jumladan:
1 Investitsiya dasturi bo'yicha mlrd.so'm 74,7 202,3 270,4
2 To'la ta'mirlash ishlari mlrd.so'm 8,3 55,8 672,2
3 Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash ( "Viloyat mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmati" DUKlar buyurtmasi bilan) mlrd.so'm 19,8 23,4 118,5
km 210 226 107,6
4 Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlarimlrd.so'm 346,8317,291,4
km 480368 76,6
5 Sanoat ishlab chiqarish xajmi mlrd.so'm 43,6 64,8 148
6 Yangi ish joylarini yaratish kishi124 42 33,9
7 Qora metall chiqindilarini topshirish tonna 3975 3980 100,1


Qo'mitatizimidagi korxona va tashkilotlarda 2019yil I-choragida Investitsiya dasturiga asosan umumiy foydalanishdagiavtomobil yo'llarida 202,0 mlrd.so'mlik  qurish va rekonstruktsiya qilish  ishlari amalga  oshirildi. Ushbu ko'rsatkich 2018 yilning 2019 yilga  nisbatan  270,4 foiznitashkil etadi.

Bundantashqari to'la ta'mirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 55,8 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkich esa o'tgan yilga nisbatan 672,2 foizni tashkil qiladi.

2018-2019 yillarning I-chorak yakunlariga ko'ra asosiy faoliyat ko'rsatgichlarining taqoslama diagrammasi

2019 yil I-chorak yakuni bo'yicha Respublikamizdagi 226,0 km mintaqaviy avtomobil yo'llarinita'mirlandi. Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 9,4 km, Andijonda 71,0 km,Buxoroda  9,8 km, Jizzaxda 9,6 km, Qashqadaryoda 3,7 km, Navoiyda 20,3 km, Namanganda 9,7 km, Samarqandda 35,4 km, Surxandaryoda 12,0 km, Sirdaryoda 5,4 km Toshkent viloyatida 4,7 km, Farg'onada 17,8 km, Xorazmda 11,5 km hamda Toshkent shahrida 5,8 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida  ta'mirlash ishlari olibborildi. Mintaqaviy ichki yo'llar ta'miri hajmi  o'tgan yilgi nisbatan 107,6 foizni tashkil etadi.

2019 yil I-chorak yakuniga ko'ra mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash (xududlar kesimidagi diagramma)

 

2019 yil  I-chorak davomidaRespublika bo'yicha avtomobil yo'llarida 42695 km uzunlikdagi yo'llardan 317,2 kmdan iborat qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu esa2018 yiliga qaraganda 91,4 foizni tashkil etadi.

Qo'mita tizimidagi korxonlar tomonidan 2019 yilda  64,8 mlrd.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Mazkur ko'rsatkich  2018 yilga nisbatan 148 %ni tashkil etganligini ko'rsatadi.

Tizim korxonlari tomonidan 2018 yilda 42 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2018 yilining mos ravishdagitegishli davriga qaraganda 33,9 foiznitashkil etadi.

Korxonlar tomonidan qora metall chiqindilari topshirishko'rsatkichi 2019 yilning I-choragida 3980 tonnani tashkil etadi. Bu qariybo'tgan yilgi darajada qolib, kamayishga yo'l qo'yilmagan.

Xulosa qilib aytganda, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil  yo'llari qo'mitasining 2019 yil I-choragida – umumiy bajarilgan ishlar xajmi – 598,4 mlrd. so'mlikdan iborat. Bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan 133,1 % ni tashkil etganligini ko'rsatadi.

Interactive services

The Single Portal of interactive state services