Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

AVTOMOBIL YO'LLARI QO'MITASINING 2022 YILDAGI FAOLIYATI TO'G'RISIDA HISOBOT

1570 March 9, 2023 Print Download (PDF 17 Kb)

 

Umumiy ma'lumotlar

 

Nomlanishi:

O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi

 

Tashkiliy-huquqiy shakli:

Muassasa

 

Yuridik manzili:

O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68-uy.

 

Faoliyat turi:

Avtomobil yo'llarini ekspluatatsiya qilish

 

Avtomobil yo'llari qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4954-son Farmoniga asosan Avtomobil yo'llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ("O'zavtoyo'l" DAK) negizida tashkil etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5647-son Farmoniga asosan O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi etib qayta nomlangan holda Transport vazirligi tarkibiga kiritilgan.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi avtomobil yo'llari sohasida maxsus vakolatli organ bo'lib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va ekspluatatsiya qilish bo'yicha ishlarning buyurtmachisi hisoblanadi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Transport vazirligining qarorlariga hamda Avtomobil yo'llari qo'mitasi Nizomiga amal qiladi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi o'z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasining o'z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

 

Avtomobil yo'llari qo'mitasining
tashkiliy tuzilmasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi
"Yo'l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4545-son qarori bilan Avtomobil yo'llari qo'mitasining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan.

Avtomobil yo'llari qo'mitasining tashkiliy tuzilmasida:

– Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari bosh boshqarmalari;

– "Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmatlari" davlat unitar korxonalari;

– Tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonalari;

– Yo'llardan muntazam foydalanish unitar korxonalari;

– Ko'priklardan foydalanish unitar korxonalari;

– "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi" davlat unitar korxonasi;

– "O'zyo'lbutlash" Respublika ta'minot boshqarmasi;

– "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasi;

– "O'zavtoyo'lbelgi" davlat unitar korxonasi va boshqa korxonalar mavjud.

 

Avtomobil yo'llari qo'mitasi faoliyatining

2022 yildagi asosiy yo'nalishlari

Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan 2022 yil davomida quyidagi asosiy yo'nalishlarda ishlar olib borildi:

avtomobil yo'llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish;

avtomobil yo'llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

avtomobil yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarining xalqaro tranzit yo'laklarini shakllantirish;

avtomobil yo'llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini tashkil etish hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;

avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash
va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;

xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarining mavjud tarmog'i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish;

ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash sohasida innovatsion texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;

avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish;

avtomobil yo'llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga
va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo'yicha yagona davlat siyosatini o'tkazish, avtomobil yo'llariga tutash hududlarni ko'kalamzorlashtirish tadbirlari o'tkazilishini tashkil etish;

avtomobil yo'llarini loyihalash sohasidagi normalar
va standartlarga rioya etilishini ta'minlash;

yo'l xo'jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

 

2022 yilda amalga oshirilgan ishlar

Tasdiqlangan dasturlar va topshiriqlar ijrosini ta'minlash bo'yicha
2022 yil yakuni bilan 7 trln 546 mlrd so'm mablag' o'zlashtirildi hamda 23 040,7 km avtomobil yo'llari rekonstruksiya qilindi va ta'mirlandi.

Jumladan:

1. Infratuzilmani rivojlantirish dasturi doirasida 2 trln 572,7 mlrd so'm miqdorida ishlar bajarilib, 828,5 km avtomobil yo'llari foydalanishga topshirildi.

2. Kapital ta'mirlash dasturi doirasida 360,1 mlrd so'm mablag' o'zlashtirilib, 105,9 km avtomobil yo'llari foydalanishga topshirildi.

3. Ichki yo'llarni ta'mirlash bo'yicha 1 trln 932,3 mlrd so'm miqdorida ishlar bajarilib, 17 513,3 km ichki yo'llar ta'mirlandi.

Shundan, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida 4 708,9 km ichki yo'llar 1 700,0 mlrd so'm miqdoridagi mablag'lar hisobiga to'liq ta'mirlandi.

4. Ta'mirtalab 186 dona (shundan 53 donasi ichki yo'llarda, 133 donasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida) ko'priklar rekonstruksiya qilindi va ta'mirlandi.

5. Avtomobil yo'llarini texnik soz holatda saqlash maqsadida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash bo'yicha
2 trln 680,9 mlrd so'm ishlar bajarilib, 4 593 km avtomobil yo'llari joriy ta'mirlandi.

6. Bundan tashqari, 2022 yilda xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi 7 ta loyiha doirasida jami 110,8 mln dollar miqdoridagi mablag' o'zlashtirildi.

 

 

Interactive services

The Single Portal of interactive state services