Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Avtomobil yo'llari qo'mitasining "Shaffof yo'l" onlayn axborot platformasini yaratish bo'yicha bozor narxlariga asoslangan takliflarni olish uchun tanlov e'lon qiladi.

2030 March 24, 2022 Print Download (PDF 12 Kb)

 

Tanlov yo'nalishi:  Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.

Yaratiladigan platforma nomi: "Shaffof yo'l" onlayn axborot platformasi.

 

"Shaffof yo'l" onlayn axborot platformasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmoni, 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 fevraldagi 49-son qarori talablari asosida belgilangan muddatlarda, axborot tizimlarini yaratish bo'yicha amaldagi davlat standartlariga qat'iy rioya qilgan holda yaratlishi va sohaga tadbiq etilishi lozim.

 Platformani ishlab chiquvchi korxona amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq Davlat xaridlari savdolari asosida aniqlanadi. Davlat xaridlari savdolari ikkita lotda amalga oshiriladi.   Birinchi lotda – "Shaffof yo'l" platformasi asosiy interfeysi va uning "Bosh saxifa", "Statistika", "Interaktiv xarita", "Hujjatlar", "Yangiliklar", "Bog'lanish" modullari. Ikkinchi lotda – "Reyting", "Tender", "Avariya holatlari" modullari.

 Batafsil ma'lumot va texnik topshiriqni www.uzavtoyul.uz saytidan olishingiz mumkin.

Avtomobil yo'llari qo'mitasining "Shaffof yo'l" onlayn axborot platformasini yaratish bo'yicha bozor narxlariga asoslangan takliflar 2022 yil " 5 " aprelga qadar qabul qilinadi.

 

Savollar bo'yicha quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin:

Mustaqillik shoh ko'chasi, 68 uy, Toshkent, O'zbekiston.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi,

Gapparov Mahmudjon Djuraxanovich,

Nazirov Shavkatillo Xabibullaevich

Telefon: 71-207-68-67, qo'shimcha: 110, 120

El. manzil: akt@uzavtoyul.uz

Interactive services

The Single Portal of interactive state services