Bаrchа qurilish tаshkilotlаri diqqаtigа!
"Umumiy foydаlаnishdаgi аvtomobil yo'llаrini qurish vа rekonstruksiya qilish direksiyasi" Dаvlаt unitаr korxonаsi quyidagi obyektlar bo'yicha tender e'lon qiladi:
1. Obyekt nomi: "Xakim at-Termiziy kompleksi – Sulton Saodat kompleksi" avtomobil yoʼlini (jumladan, 4R206 a/y 7,3-10,5 km,4K599g a/y 0-3,6 km, 4K599v a/y.ning yangi yoʼnalish boʼyicha 2,6-8 km qismi) rekonstruksiya qilish.
Obyektning boshlang'ich narxi: 81 210 076 109 so'm.
Joylashgan hudud: Surxondaryo viloyati.
Qurilish muddati: 30 оy. Lot raqami: http://dxarid.uzex.uz/ru/tender2/lot/7022213/
2. Obyekt nomi: 4R4 "Toshkent sh. — Keles sh. — Qozoqkentsoyq. — M39 avtoyoʼli (820 km)" avtomobil yoʼlining 0-12 km qismini rekonstruksiyaqilish
Obyektning boshlang'ich narxi: 123 755 170 263 so'm.
Joylashgan hudud: Toshkent viloyati.
Qurilish muddati: 36 оy. Lot raqami: http://dxarid.uzex.uz/ru/tender2/lot/7022194/
Buyurtmachi: "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi" Davlat unitar korxonasi (Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68-uy.)
Tender tashkilotchisi: "STROY KONSALTING SERVIS" Mas'uliyati cheklangan jamiyat (Toshkent shahar, Shahrisabz ko'chasi, 16А uy, 504xona, tel: 71-256-16-93).
Moliyalashtirish manbasi: Davlat byudjeti.
- Tender ishtirokchilari ish (xizmat) larni bajarish uchun zarur bo'lgan mehnat resurslari va mutaxassislarning mavjudligiga, mutaxassislarning yetarli kasbiy va texnikaviy malakaga, moliyaviy imkoniyatlarga, shartnoma tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala layoqati vakolatlariga ega va tajribali bo'lishlari shart.
- Takliflarni baholashda Tender ishtirokchilarining (oferent) tender takliflari (oferta) qonun hujjatlariga muvofiq qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan import qiluvchilarning tovar (ish, xizmat) lari qo'shilgan qiymat solig'i summasi qo'shimcha ravishda hisobga olinadi.
- Ishtirokchi tenderda qatnashish to'g'risidagi taklifi va tender hujjatlari bo'yicha so'rovnomalar bilan tender tashkilotchisi "STROY KONSALTING SERVIS" Mas'uliyati cheklangan jamiyatiga quyidagi manzil bo'yicha murojaat etishlari mumkin: Toshkent shahar, Аbay ko'chasi, 6 uy, 705 xona, tel: 71-244-12-17.
- • Tasdiqlangan tender hujjatlari bilan tanishish uchun buyurtmachi tomonidan joylashtiriladigan davlat xaridlari bo'yicha maxsus https://dxarid.uzex.uz/ axborot portalidan yuklab olishlari mumkin.
- • Tender tashkilotchisiga takliflarni maxsus axborot portalida e'lon tender e'lon qilingan kundan boshlab 15 kalendar kuni ichida Toshkent shahar, Аbay ko'chasi, 6 uy, 705 xona, tel: 71-244-12-17; e-mail: ulugbek-ap@inbox.ru manzilga topshirish lozim. Tender takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati 2020 yil 22 iyun kuni soat 15:00 gacha.
- • Taklif (ofertalar) ochilishi https://dxarid.uzex.uz/ maxsus axborot portalida e'lon chop etilgan kundan boshlab 15 kundan keyin, quyidagi manzilda o'tkaziladi: Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko'chasi, 68-uy majlislar zali.