Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Dovonda avtotransport vositalarning xavf-xatarsiz o'tishlari ta'minlanmoqda

2538 February 24, 2021 Print Download (PDF 71 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining ma'lumotida fevral oyining oxiri va mart oyining dastlabki kunlarida respublikamizda havo harorati keskin pasayib, yog'ingarchiliklar bo'lishi ma'lum qiligan.


Ayni vaqtda A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining "Qamchiq" dovonida kuchli qor yog'moqda. Qor qalin yog'ayotgani uchun yo'lning ko'rinishi 100-50 metrgacha qisqargan. Havo harorati 6 daraja sovuq. Qor qalinligi yo'l atrofida 40 sentimetrga, tog' yon bag'irlarida esa 1,5 metrga yetgan.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi tarkibidagi "Qamchiqavtoyo'l" ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan dovon yo'llari qor va muzlamadan muntazam ravishda tozalash ishlar amalga oshirilib, ushbu ishlarga 117 ta texnika va 341 ta ishchilar safarbar qilingan hamda avtomobil yo'lidagi muzlamalarni bartaraf etish uchun 5306 tonna qum-tuz aralashmasi sepib chiqilgan.


Hozirgi vaqtda yo'lsozlar tomonidan yurtimiz aholisi va mehmonlari avtotransport vositalarida dovondan xavf-xatarsiz o'tishlar uchun yana qo'shima chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services