Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"Ma'muriy binodan foydalanish direksiyasi" unitar korxonasi

February 26, 2015 Print Download (PDF 26 Kb)

"Ma'muriy binodan foydalanish direksiyasi" unitar korxonasi

Suvanov Zufar  Abdurasilovich

Qabul kunlari: Payshanba soat 09:00-14:00

Toshkent sh. 100000 Mustaqillik shox ko'chasi 68a

(0 371) 268‐27‐13

(0 371) 268‐27‐13


"Ma'muriy binodan foydalanish direksiyasi" unitar korxonasining funksional vazifalari

  • ma'muriy binodan belgilangan me'yorlarga muvofiq foydalanish xizmatini samarali tashkil etish, jumladan yong'in xavfsizligi, sanitariya qoidalariga, shaharsozlik normalariga rioya qilish;
  • Muassis tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan doimiy ishlaydigan selektor, ichki va tashqi aloqa tizimlarini uzluksiz ishlashini tashkil etish va sifatli ishlashini ta'minlash;
  • avtomobil yo'llari holati to'g'risida ma'lumotlarni yig'ish, uzatish va doimiy monitoringini olib borish;
  • ma'muriy binodan foydalanish va ta'mirlash bilan bog'liq masalalarni kompleks hal etish;
  • tizimda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish;
  • Muassis tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan sifatli aloqa xizmatini o'zaro shartnomalar asosida ko'rsatish;
  • O'zbekiston Respublikasi yo'l xo'jaligi tarixini aks ettiruvchi hujjatlar va foto-suratlar ro'yxatini olib borish, yo'l xo'jaligi tarixiga oid tarixiy hujjatlarni to'plash, jamlash;
  • Muassis bilan kelishilgan holda Muassis tarkibidagi, hamda tarkibida bo'lmagan boshqa korxona va tashkilotlarga ma'muriy binodan o'rnatilgan tartibda shartnoma asosida ijaraga joy berish;
  • ishlab chiqarishni texnikaviy va ashyoviy ta'minoti, aniq ish bajaruvchini tanlash, ish xaqi to'lashni o'rnatilgan tartib va usullarni qo'llash, ishchi xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash va o'z-o'zini boshqarish masalalarini mustaqil hal qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini bajarish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
  • Korxona ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mehnat jamoalarining ijtimoiy hayotini yaxshilash uchun sharoitlar yaratish;
  • foyda olish maqsadida O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish.
Nizomni yuklab olish (pdf, 268 kb)

Interactive services

The Single Portal of interactive state services