"Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus- Beyneu" avtomobil yo'lining 673-698 km (25 km) qismini rekonstruksiya qilish" loyihasi
KONSALTING XIZMATLARIGA QIZIQISH BILDIRISH UCHUN
SO'ROVNOMA
"Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus- Beyneu" avtomobil yo'lining 673- 698 km (25 km) qismini rekonstruksiya qilish" loyihasi
Avtomobil yo'llari qo'mitasi Qoraqalpog'iston Respublikasidagi "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 673-698 km (25km) qismini rekonstruksiya qilish" loyihasi va 4R180 avtomobil yo'lining 0-4 km qismini rekonstruksiya qilish komponentining qurilish-montaj ishlari doirasida qurilishda texnik nazoratni amalga oshiruvchi konsalting
kompaniyasi tanlovini o'tkazishni e'lon qiladi.
Konsalting xizmatlari amaldagi standartlar, normalar va amaliyotlarni ko'rib chiqish, ishchi grafikni ko'rib chiqish, qurilish ishlari kontrakti bo'yicha xalqaro pudratchi
tomonidan bajarilgan barcha ishlarni hajmida va sifatida sertifikatsiya qilish, shartnoma
bo'yicha ma'muriy ishlar, monitoring va loyihani amalga oshirishdan ijobiy ta'sir
baholanishini yuritishni va shartnomaga asosan boshqa xizmatlarni o'z ichiga oladi.
Ishtirok etuvchi kompaniyalar quyidagi me'zonlar bo'yicha baholanadi: boshqaruv
tajribasi, texnik tajriba, kompaniyaning mamlakat va mintaqa tajribasini o'z ichiga oluvchi geografik tajriba (Qo'shma korxona/konsorsium hamkori sifatida mahalliy
kompaniyalarning ishtiroki afzal ko'riladi).
Yanada to'liq ma'lumot va texnik topshiriqni olish uchun, OTBning CSRN
bo'yicha saytiga www.csrn.adb.org orqali kirishingizni so'raymiz.
Konsalting kompaniya OTB va uning Qarz oluvchisi qoidalariga muvofiq tanlab
olinadi.
Qiziqish bildirish OTBning CSRN sayti orqali onlayn ariza topshirish yo'li bilan
yuboriladi.