Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" AK Boshqaruvining 2015 yil yakunlari bo'yicha yig'ilishi

9272 January 21, 2016 Print Download (PDF 197 Kb)


2016 yilning 20 yanvar kuni kompaniya Boshqaruvining 2015yil yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniyatizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtiroketdi. Yig'ilishni Boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan2015 yilning 16 yanvarida, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil yakunlariga bag'ishlabo'tkazilgan yig'ilishida belgilab berilgan – O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishdasturidagi ustuvor yo'nalishlarning kompaniyadagi ijrosi muhokama qilindi.Shuningdek, joriy yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarigaqaratilgan, 2016 yil 15 yanvarda bo'lib o'tgan Vazirlar Mahkamasi yig'ilishida ko'tarilganmasalalar ham diqqat markazida bo'ldi.

Yig'ilishda ta'kidlanganidek, 2015-yil davomida umumiy foydalanuvdagiavtomobil yo'llarida tizim korxonalari tomonidan jami 1387,3 mlrd. so'mlik yo'lqurilish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarilgan bo'lib, bu o'tgan 2014 yilganisbatan 134,7%ni tashkil etdi.

 

Investitsiya dasturiga muvofiq 2015 yilda 143,4 km uzunlikdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilinishibelgilangan bo'lib, tuzilgan shartnoma va tasdiqlangan rejaga muvofiq yil yakunlaribo'yicha 591,1 mlrd. so'mlik yo'l ishlari bajarilib, 149,7 km uzunlikdagi avtomobilyo'llari rekonstruktsiya qilindi.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagiavtomobil yo'llarida hamda shahar ko'chalarida "O'zavtoyo'l" kompaniyasikorxona va tashkilotlari tomonidan yo'llarni mukammal ta'mirlashda 168,5 mlrd. so'mlikishlar amalga oshirilib, 68,0 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarita'mirlandi.

42676 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarinisaqlash va joriy ta'mirlash ishlari bo'yicha 2015-yilda 528,2 mlrd. so'mlik mablag'laro'zlashtirildi.

Hisobot davri mobaynida tizim korxona va tashkilotlarida 293ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Yig'ilish davomida tizimdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishnimodernizatsiyalash, sohaga axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ijro intizomiga qat'iy rioya etish kabi masalalargatanqidiy yondashilib, muammolarni ijobiy hal etish yo'llari muhokama qilindi.

Boshqaruv yig'ilishi yakunida kun tartibida ko'rilgan masalalaryuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services