Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" DAK boshqaruvi raisi o'rinbosari Sh.B.Nazarovning 2013-yil ish yakunlariga bag'ishlangan kompaniya yig'ilishidagi ma'ruzasi

11214 August 14, 2015 Print Download (PDF 13 Kb)

Assalomu alaykum, hurmatli yig'ilish ishtirokchilari!

Hisobot davri, ya'ni o'tgan 2013-yil davomida "O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan 42654 km. uzunlikdagi umumfoydalanuv avtomobil yo'llari va undagi barcha muhandislik inshootlari O'zbekiston Respublikasining "Avtomobil yo'llari to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq texnik soz holatda asraldi, yo'l harakati xavfsizligi va uzluksizligi ta'minlandi.

"O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi tashkilot va korxonalar tomonidan 2013-yilda 1196,4 mlrd. so'mlik (2012-yilga nisbatan 195,0 %) yo'l qurilish, ta'mirlash, saqlash va tashqi pudrat ishlari bajarildi.

Hisobot davrida 405,5 km. uzunlikdagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi va to'liq ta'mirlandi (274 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi hamda 131,5 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llari to'la ta'mirlandi).

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-noyabrdagi PQ-1855-son Qarori asosida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan 2013-yilda jami 575,5 mlrd. so'mlik yo'l ishlari bajarildi hamda ushbu ko'rsatkich 2013-yil uchun ajratilgan mablaqqa (565,4 mlrd. so'm) nisbatan 101,8 % ni, 2012 yilga nisbatan esa 210,3 % ni tashkil qildi (34 ta ob'ektda 274 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi).

Jumladan, A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beynau" avtomobil yo'lining 698 — 753-km.laridan 12 km. qismi, A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beynau" avtomobil yo'lining 846 — 866-km.lari, A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining 196 — 208-km.lari va boshqa yo'llar rekonstruktsiya qilindi.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan jami 150,0 mlrd. so'mlik yo'l ta'mirlash ishlari bajarilib, belgilangan 175,0 mlrd. so'mlik prognoz reja 85,7 % ga bajarildi va 131,5 km. uzunlikdagi (shundan 89 km. xalqaro va davlat ahamiyatidagi, 42,5 km. mahalliy ahamiyatdagi) avtomobil yo'llari ta'mirlandi.

Jumladan, 4R156 "Urganch-Xonqa-Hazorasp-Turkmaniston Respublikasi" avtomobil yo'lining 30 — 4-km.larining 7 km. qismi, 4R112 "Farg'ona halqa yo'li" avtomobil yo'lining 147 — 151-km.lari, 4R175 "Nukus-Oqmang'it-Kegeyli-Chimboy-Qozoqdaryo" avtomobil yo'lining 115,5 — 120,5-km.lari, 4R112 "Farg'ona halqa yo'li" avtomobil yo'lining 147 — 151-km.lari va boshqa yo'llar to'la ta'mirlandi.

42654 km. uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash bo'yicha 2013-yil mobaynida 373,9 mlrd. so'mlik ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, joriy ta'mirlash ishlarida — 221,8 mlrd. so'mlik, saqlash ishlarida 135,1 mlrd. so'mlik, ko'kalamzorlashtirish ishlarida — 5,1 mlrd. so'mlik va qishki qarov ishlarida — 11,8 mlrd. so'mlik ishlar bajarildi.

Tashqi pudrat ishlarida (umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llaridan tashqari) 125,2 mlrd. so'mlik ishlar bajarildi.

Jumladan, namunaviy uy-joy massivlarida 89,8 km. 17,5 mlrd. so'mlik, ichki xo'jalik yo'llarida 320 km. 28,993 mlrd. so'mlik, shahar ko'chalarida 42,7 km. 63,4 mlrd. so'mlik, boshqa pudrad ishlarida 15,3 mlrd. so'mlik ishlar bajarildi.

Kompaniya tizimidagi sanoat ishlab chiqarish va yordamchi ishlab-chiqarish xo'jalik korxonalari tomonidan 2013-yilda qiyosiy narxlarda 112,7 mlrd. so'mlik, 2012-yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 103,2 % ga ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hisobot davrida 1433,8 ming tonna asfaltbeton mahsuloti, 72,9 ming m3 temir-beton mahsulotlari va boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Hisobot davrida kompaniya korxona va tashkilotlari tomonidan jami 573 ta yangi ish o'rinlari (prognozga nisbatan 337,1 %) ochilishi ta'minlandi.

2013-yilda o'tkazilgan Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan jami 31,7 mlrd. so'mlik shartnomalar tuzilgan.

2013-yil uchun ko'zda tutilgan grafikka muvofiq, 2013-yilda kompaniya tarkibidagi korxona va tashkilotlar tomonidan jami 37,2 mlrd. so'mlik (prognozga nisbatan 117,2 %) mahsulotlar olindi.

Bu kabi ishlar kompaniya tomonidan 2014-yilda ham davom ettiriladi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-noyabrdagi PQ-2069-son Qaroriga (Investitsiya dasturi) muvofiq 2014-yilda 534 km. uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari ko'zda tutilgan.

"O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxonalari va tashkilotlari tomonidan 2014-yilda 238,5 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari uchun umumiy summasi 440,0 mlrd.so'm 
(I chorakda — 42,1 mlrd. so'm) miqdorida mablag'lar ajratilishi belgilangan.

Shunga ko'ra, tizim korxonalari tomonidan joriy yilda 40 ta ob'ektda yo'l ishlarini amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, pudratchi korxonalar va Respublika yo'l jamg'armasi o'rtasida 12 ta ob'ekt bo'yicha 226,0 mlrd. so'mlik shartnomalar imzolandi, hamda 91,0 mlrd. so'm miqdoridagi avans mablag'lari ajratildi. Belgilangan ish hajmlarini bajarish uchun har bir ob'ekt bo'yicha loyiha-smeta hujjatlari asosida aniq hisob-kitoblar qilindi va bunda bitum mahsulotlari, yonilg'i-moylash mahsulotlari, inert materiallar va boshqa materiallarga bo'lgan talab hisoblanib, qaerdan qancha miqdorda olinishi bo'yicha grafiklar ishlab chiqildi hamda yo'lning asosini yaratish ishlari boshlandi.

Joriy ta'mirlash va saqlash ishlari uchun jami 400,0 mlrd. so'm (I chorakda — 140,0 mlrd. so'm) miqdorida limit ajratildi. Shundan, saqlash ishlari uchun 148,0 mlrd. so'm (I chorakda — 68,0 mlrd.so'm), joriy ta'mirlash ishlari uchun 252,0 mlrd. so'm (I chorakda — 72,0 mlrd.so'm) miqdoridagi mablag'lar xarajat qilinishi belgilab olindi.

Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini kapital ta'mirlash ishlari uchun 271,0 mlrd. so'm ajratildi.

Tizimda mavjud mashina-mexanizmlar parkini bosqichma-bosqich yangilash bo'yicha zamonaviy texnikalar xarid qilish uchun 85,9 mlrd. so'm miqdorida mablag'lar ajratildi.

Shu bilan birga, joriy yilda jami 116,6 mlrd. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi belgilangan bo'lib, I chorak davomida tizim korxonalari tomonidan jami 11,2 mlrd. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi.

2014-yilda yangi ish o'rinlarini yaratish dasturiga muvofiq tizim korxonalarida 180 ta yangi ish o'rinlari ochilishi belgilangan bo'lib, shundan I chorakda 21 ta yangi ish o'rinlari ochiladi.


E'tiboringiz uchun rahmat!

Interactive services

The Single Portal of interactive state services