O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-72-sonli qarori ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot.
Bugungi
kunda respublika avtomobil yo'llari sohasiga xalqaro moliya institutlarining, jumladan
Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot
jamg'armasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining mablag'lari jalb
etilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi "O'zbekiston
Respublikasining 2022- 2026 yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash
hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini
joriy etish to'g'risida"gi PQ-72-sonli qaroriga asosan 2022 yilda 876 mln dollarlik
6 ta loyiha amalga oshirilmokda.
2022
yilga mo'ljallangan Investitsiya dasturi doirasida kredit qiymati
875,9 mln dollarlik 6 ta loyihalar xalqaro moliya institutlari mablag'lari
hisobidan 2022 yilda 105,6 mln dollar o'zlashtirilishi belgilangan.
2022 yilda davomida mazkur loyihalar
doirasida olib borilgan ishlar natijasida 110,8 mln dollar mablag' o'zlashtirildi
hamda belgilangan prognoz ijrosi 105 foizga bajarildi.