O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi PQ-98-sonli qarori ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'lumot
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2024 yillardaO'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishchora-tadbirlari to'g'risida"gi 2022 yil 22 yanvardagi PQ-98-sonli qaroriga asosan 2022 yil investitsiyadasturi doirasida jami 86 ta umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida(shundan, 76 ta yildan-yilga o'tuvchi va 10ta yangidan boshlanadigan ob'ektlar) qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishihamda 126,5 km avtomobil yo'li foydalanishga topshirilishi belgilangan.
Ma'lumot uchun: 2022 yilda ob'ektlarda 1 trln 682,2 mlrdso'mlik (rejaga nisbatan – 113,1 foiz) ishlar bajarildi va 130,1 km (rejaga nisbatan– 102,8 foiz) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi.