Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

POPDA SYEL KYELDI: AVTOMOBIL YO'LI ZARAR KO'RDI

2903 May 7, 2021 Print Download (PDF 211 Kb)


Joriy yil 6 may kuni soat 17:20 larda Namangan viloyati Pop tumanida sel kelishi natijasida suv toshqini yuz bergan.


Buning oqibatida "4R-112 Farg'ona halqa yo'li" avtomobil yo'lining 14-15 km.larida transportlar harakati vaqtincha cheklandi.

Davlat ahamiyatdagi "4R-112 Farg'ona halqa yo'li" avtomobil yo'lining 14-15 km.lari oralig'ida tabiiy ofat natijasida galareya suv o'tkazuvchi quvuriga suv sig'maganligi oqibatida avtomobil yo'lining ustki qismidan suv toshib o'tganligi uchun yo'l yoqalariga qisman ta'sir qilgan.


"4R-112 Farg'ona halqa yo'li" avtomobil yo'li vaqtincha yopilganligi sababli avtotrasnport vositalari 4R-215 "Pungon q.-Pop sh." hamda  4R-126 "Baliqchi q. – Mingbuloq q. – Nayman q. – Pungon q" avtomobil yo'llari orqali "4R-112 Farg'ona halqa yo'li"ga aylanib o'tishi ta'minlangan. 


Ayni paytda yo'lsozlar tomonidan avtomobil yo'llarining sel oqibatida zarar ko'rgan qismlarida qayta tiklash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda va qisqa muddatda transportlar harakati qayta tiklanadi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Matbuot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services