Prezident Islom Karimov "LUKOYL" neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi
O'zbekiston RespublikasiPrezidenti Islom Karimov 10-noyabr kuni Oqsaroyda "LUKOYL" neft kompaniyasiprezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonniyurtimizga tashrifi bilan qutlab, O'zbekiston neft-gaz tarmog'ida qo'shmaloyihalarni amalga oshirishda ushbu kompaniya faol ish yuritayotganinita'kidladi.
Bugungi kunda "LUKOYL" Havzak,Shodi, Qo'ng'irot konlari va Qandim konlar guruhi kabi istiqbolli gaz konlarinio'rganish va o'zlashtirish, Janubi-g'arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasidagineft-gaz uchastkalarini o'rganish bo'yicha investitsiyaviy loyihalarni amalgaoshirmoqda. Hamkorlikdagi geologiya-qidiruv ishlari doirasida Orol dengiziakvatoriyasining O'zbekiston qismida istiqbolli uglevodorod konlari topildi. Kompaniyaningmamlakatimizdagi loyihalarni amalga oshirishga yo'naltirgan jamiinvestitsiyalari hajmi 5 milliard dollardan oshdi.
"LUKOYL" ayni paytda eng ilg'ortexnologiyalarga asoslangan Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilishigakirishdi. Bu zamonaviy zavod yiliga 8 milliard kub metr tabiiy gazni chuqurqayta ishlash quvvatiga ega bo'ladi.
Uchrashuvda V.Alekperov2018-yilda foydalanishga topshirilishi mo'ljallangan ushbu loyiha O'zbekistonsanoatini yanada rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan 2015-2019-yillardaiqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o'zgartirish vadiversifikatsiyalash dasturi doirasida amalga oshirilayotganini ta'kidladi."LUKOYL" kompaniyasi O'zbekiston neft-gaz tarmog'idagi investitsiyaviyloyihalar doirasida qabul qilgan barcha majburiyatlarini to'la va o'z vaqtidabajarishini qayd etdi.
Muloqot chog'ida jahon va mintaqauglevodorod xomashyosi bozoridagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi,uzoq muddatli va o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning asosiyistiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi.