Prokuror va yoshlar uchrashuvi...
Prokuror va yoshlar uchrashuvi...
Joriy yilning 2 aprel kunida Xorazm viloyati Urganch Transport kollejida O'zbekiston Respublikasi Transport prokurori, adliya katta maslahatchisi — Ma'rufxon Xodjaev bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda – "Yoshlarni qo'llab – quvvatlash yuzasidan qabul qilingan davlat dasturi ijrosi hamda yoshlarning muammolarini o'rganish" mavzusida talabalar bilan ochiq muloqot o'tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Shuningdek, yoshlarni ma'naviy barkamol qilib tarbiyalash, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, har tomonlama yetuk va barkamol avlod bo'lib yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi to'g'risida fikrlar bildirildi.
Uchrashuv yakunida kam ta'minlangan va iqtidorli talaba yoshlarga esdalik sovg'alari ulashildi.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi
Matbuot xizmati