Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qamchiq dovonida vaqti-vaqti bilan qor yog'moqda

1818 February 3, 2022 Print Download (PDF 17 Kb)


A-373 "M-39 Guliston-Bo'ka- Angren-Qo'qon-Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining Qamchiq dovonidan o'tgan qismi, 193-250 km.lar oralig'ida vaqti-vaqti bilan qor yog'moqda.


Yo'lsozlarimiz tomonidan qor yog'ib turgan paytda dovonda transport vositalarining beto'xtov ikki tomonlama harakatlanishi ta'minlash maqsadida yo'llarni tunu-kun qordan tozalash ishlari amalga oshirilib,  zaruriy chora-tadbirlar ko'rildi. 

Hozirgi vaqtda dovonda transport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. Yo'llarda ko'rinish 1000 metrni, havo harorati -6 daraja, namlik 83 foizni tashkil etmoqda. Shamol tezligi 2-7 m/s. 

Hurmatli  haydovchilar Sizlardan harakatlanishingiz davomida barcha xavfsizlik choralarini ko'rishingizni so'rab qolamiz.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi Axborot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services