Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qamchiq dovonida yo'llar tozalanmoqda

2029 February 14, 2022 Print Download (PDF 25 Kb)


A-373 "M-39 Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon-Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining "Qamchiq" dovonidan o'tgan qismi 193-250 km.lar oralig'ida qor yog'moqda.


Qor yog'ib turgan paytda "Qamchiq" dovonida transport vositalarining beto'xtov, ikki tomonlama harakatlanishini ta'minlash uchun "Qamchiqavtoyo'l" IYFUK tomonidan yo'llarni qordan tozalash ishlari bajarilmoqda. Transport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. 

Yo'llarda ko'rinish 600 metrni, havo harorati -6 daraja, namlik 85 foizni tashkil etmoqda. Shamol tezligi 4-8 m/s. "Qamchiq" dovoni yo'lidan yuradigan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko'rishlarini tavsiya qilib qolamiz.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Axborot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services