Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

QAROR VA IJRO

2472 May 11, 2021 Print Download (PDF 15 Kb)


2021 yilgi Investitsiya Dasturi asosida A380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 698-765 km va 796-812 km qismlari qayta qurish ishlarini amalga oshirish belgilangan.


Unda, Pudratchilar — Taxiatosh yo'l qurilish ta'mirlash va Qoraqalpog'iston yo'llardan muntazam foydalanish unitar korxonalari  hisoblanib, loyihasi esa, "Yo'l loyiha byurosi" mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan.

Mazkur loyihaga muvofiq, avtomobil yo'li 1-toifali bo'lib, 4 ta qatnov qismidan iborat bo'lishi ko'zda tutilgan.

Avtomobil yo'lining yo'l to'shamasi quyidagilardan tashkil topgan:

- qoplamaning ustki qatlami 6 sm. qalinlikdagi mayda donali zich asfaltobeton;

- qoplamaning ostki qatlami 9 sm. qalinlikdagi yirik donali g'ovak asfaltobeton;

- qoplamaning ostki qatlami toshiy beton 16 sm qalinlikda;

- asosning ustki qatlami 22 sm qalinlikda chaqiqtosh-qum aralashmasi;

- asosning ostki qatlami 23 sm qalinlikdagi chaqiqtosh-qum aralashmasi.

Shuningdek, ushbu avtomobil yo'lida tutashmalar, yo'l belgilari, piyodalar yo'laklari hamda avtobus bekatlari qurish ham nazarda tutilgan.

Ushbu ob'ektni qayta qurish ishlari xalqaro standartlar asosida amalga oshirilmoqda.

Ob'ektda joriy yilda jami 60000.0 mln. so'mlik rekonstruktsiya qilish ishlari bajarilishi belgilangan. Joriy yilning o'tgan yanvar-aprel oylarida ob'ektda 17649.4 mln.so'mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Hozirgi kunda ushbu ob'ektda mayda donali asfaltobeton yotqizish, yo'lning ikki chetiga 1-guruh temir to'siqlar o'rnatish, yo'l yoqasini mustaxkamlash, yo'l chiziqlarini chizish hamda ogohlantiruvchi ustunlar o'rnatish ishlari bajarilmoqda. 

Ob'ektning foydalanishga topshirilishi natijasida ushbu avtomobil yo'li toifasi 1- toifa texnik talablariga to'liq o'tkaziladi.

Yo'lning o'tkazuvchanlik qobiliyati 7000 dan 14000 dona/sutkaga oshishiga erishiladi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati



Interactive services

The Single Portal of interactive state services