Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

QAROR VA IJRO

2923 May 30, 2021 Print Download (PDF 18 Kb)


Ayni damda Samarqand viloyati hududidan o'tgan M37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining 0-11 km qismida Investitsiya dasturiga asosan rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda.


Mazkur qurilish ob'ektiga Pudratchilar — Samarqand YMFUK va Samarqand KFUK va loyihachi — "Yo'linjiniringloyiha" mas'uliyati cheklangan jamiyati hisoblanаdi.

Ushbu  loyihaga muvofiq, avtomobil yo'li 1-toifali va shahar tipiga mansub bo'lib, 6 ta qatnov qismdan iborat bo'lishishi kutilmoqda. 

Avtomobil yo'lining kengayadigan qismi yo'l to'shamasi quyidagilardan iborat bo'ladi:

- qoplamaning ustki qatlami 5 sm qalinlikdagi mayda donali zich asfaltobeton;

- qoplamaning ostki qatlami 7 sm qalinlikdagi yirik donali g'ovak asfaltobeton;

- qoplamaning ostki qatlami 12 sm qalinlikdagi yirik donali o'ta g'ovak asfaltobeton;

- asosning ustki qatlami 28 sm qalinlikda qum-shag'al aralashmasiga qirqib olingan material qo'shilgani;

- asosning ostki qatlami 30 sm qalinlikdagi qum-shag'al aralashmasida tashkil topgan.

Shuningdek, avtomobil yo'lida tutashmalar, yo'l belgilari, piyodalar yo'laklari hamda avtobus bekatlari qurish ishlari loyiha asosida amalga oshirildi.

Bugungi kunda tajribali yo'lsozlar tomonidan mazkur ob'ektda rekonstruktsiya qilish ishlari xalqaro standart va me'yorlarga ko'ra olib borilmoqda.

Joriy yilda 10000.0 mln.so'mlik rekonstruktsiya qilish ishlari bajarilishi belgilangan bo'lib, o'tgan davr mobaynida ob'ektda 1225,7 mln.so'mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Hozirgi kunda ob'ektda piyodalar va velosiped yo'lagining asosini qurish ishlari bajarilmoqda.

Shuningdek ob'ektda gulxona qurish, suv qochirish tizimi hamda yo'lning tekislovchi qatlami va 6 sm qalinlikda mayda donali asfaltobeton yotqizish ishlari bajarilmoqda.

Ob'ektning foydalanishga topshirilishi natijasida avtomobil yo'lining toifasi shahar tipi texnik talablariga to'liq o'tkaziladi. Yo'lning o'tkazuvchanlik qobiliyati 7000 dan 14000 dona/kuniga oshishiga erishilishi kutilmoqda.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services