Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qiziqish Bildirish taqdim etish uchun soʼrov Tashqi monitoring boʼyicha MILLIY MUTАXАSSIS

1780 April 22, 2022 Print Download (PDF 10 Kb)

Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokidagi Surxondaryo viloyatidagi 4R105 "Darband–Boysun–Elbayon" avtomobilь yoʼlining 5-70 km qismini va

4R100 "Mangʼuzor – Jarqoʼrgʼon – Bandixon – Oltinsoy – Denov" avtomobil yoʼlining 128-174 km qismini rekonstruktsiya loyihasi doirasida

 

         Respublika Аvtomobil yoʼllari qoʼmitasi ekologiya boʼyicha milliy mutaxassis tanlovini oʼtkazishni eʼlon qiladi.

Mutaxassis Osiyo Taraqqiyot Banki va uning Qarz oluvchisi tartib va qoidalariga muvofiq tanlab olinadi.

         Mutaxassis tegishli professional malaka va tajribaga, shu jumladan ekologiya yoki unga tenglashtirilgan, ijtimoiy fanlardan ilmiy daraja va diplomga ega boʼlishi kerak. Shuningdek, atrof-muhitga taʼsir qilish choralarini monitoring qilish va atrof-muhitga taʼsirni baholash va atrof-muhitga taʼsirni yumshatish rejalarini amalga oshirish va/yoki loyihalarni atrof-muhitga taʼsirini yumshatish boʼyicha chora-tadbirlarning bajarilishini monitoring qilish. Ingliz, rus va oʼzbek tillarini bilishi va texnik topshiriqda mavjud boshqa tegishli talablarga javob berishi lozim.

 

Batafsil maʼlumot va texnik topshiriqni CSRN orqali cms.adb.org saytidan olishingiz mumkin.

Qiziqish Bildirishlar OTBning CSRN veb-saytidagi onlayn ariza orqali 2022 yil 22 mayga qadar yuborilishi lozim.

 

Savollar tugʼilganida quyidagi manzil boʼyicha murojaat etishingiz mumkin:

Mustaqillik shoh koʼchasi 68, Toshkent, Oʼzbekiston.

Kimga: LАOG direktori oʼrinbosariga.

Telefon: (99871) 268-97-08 / (99899) 731-23-89

El. manzil: surkhandarya.project@gmail.com

Interactive services

The Single Portal of interactive state services