Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qutlov!

3375 September 6, 2021 Print Download (PDF 95 Kb)


Hammamizga ma'lumki, yaqindagina O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mustaqilligimizning o'ttiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida Farmonni imzolagan edi. 


Qabul qilingan mazkur farmonga asosan Avtomobil yo'llari sohasida ko'p yillar davomida mehnat qilib kelayotgan bir guruh ishchi-xizmatchilar ham yuksak davlat mukofotlariga sazovar bo'lishdi.

Bular, 


Qoraqalpog'iston Respublikasi Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi, Chimboy tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi Saymbetov Perdebay Jumamuratovich – "Mehnat shuhrati" ordeni bilan;


Xorazm viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi, Shovot tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi Ashirov Kurol Saparbayovich - "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan;


Surxondaryo viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi, Angor tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi Achildiev Mustafaqul Jo'raevich - "Shuhrat" medallari bilan taqdirlandi.

Aziz hamkasblar! Sizlar erishgan ushbu yutuqlar butun yo'l sohasida xizmat qilib kelayotgan barcha-barchani quvontirgani tabiiy holdir.

Sizday yuksak davlat mukofotiga sazovor bo'lgan hamkasblarni sohada xizmat qilayotgan barcha yo'sozlar nomidan muborakbod etgan holda oilaviy baxt,uzoq-umr, sog'liq-salomatlik hamda kelgusidagi faoliyatingizga omadlar yor bo'lishini tilab qolamiz

Yana bir bor yuksak davlat mukofotlari muborak bo'lsin!

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

jamoasi

Interactive services

The Single Portal of interactive state services