Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

TO'RTKO'LDA: HOKIM, VAZIR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

2754 May 26, 2021 Print Download (PDF 395 Kb)


Kadrlar salohiyatini oshirish, yoshlarning bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamlash, ularning yangi g'oya va iqtidorini qo'llab-quvvatlash ayni kun talablari bilan hamohangdir.


Joriy yilning 25 may kuni Qorqalpog'iston Respublikasining To'rtko'l tumanida O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari qo'mitasi raisi o'rinbosari O. Jumaniyozov va tuman yoshlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.


Yoshlar bilan uchrashuv doirasida yo'l sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to'xtalib o'tdildi va bugungi islohotlar jarayonida yoshlarning alohida o'rni borligi va sohadagi bunday islohotlarda yoshlarning g'oyalarini, ularning amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish muhimligi ta'kidlandi. Tuman yoshlariga jamiyatimizda yo'lsozlar obro'sini oshirish, yo'l infratuzilmasi va yo'l qurilishi sohasini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma'lumot berildi.


Ochiq muloqotda yoshlarda mavjud muammolar bo'yicha mutasaddilarga savollar berishdi. Mutasaddilar muammolarni hal etish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumot berishdi hamda o'zaro fikrlar alamshilindi.

Shu bilan birga qo'mita rahbariyati tizimda turli lavozimlarda bo'sh ish o'rinlari mavjudligini ta'kidlagan holda, yosh mutaxassislarni tizimni rivojlantirish uchun o'z hissalarini qo'shishga chaqirdi.


Shuningdek, Ochiq muloqot shaklida o'tkazilayotgan uchrashuvda Qoraqalpog'iston Respublikasi Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi boshlig'i Arslon Gobenov, tumandagi sektor rahbarlari va tashkilot vakillari ishtirok etdilar.


Uchrashuv so'ngida yoshlarni sohaga oid qiziqishlarini hamda yoshlarning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirish maqsadida esdalik sovg'alari ulashildi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services