Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Toshkent shahar yoshlari bilan Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan joriy yil 27 yanvar – 8 fevral kunlari o'tkazilgan tadbirlar to'g'risida

3312 February 9, 2020 Print Download (PDF 20 Kb)


Jami o'tkazilgan tadbir soni
Qatnashgan yoshlar soni
Taqdirlangan yoshlar soni
Berilgan kitob va estalik sovg'alar soni
Berilgan maishiy va boshqa texnikalar soni
Ishga joylashtirilgan yoshlar soni
Amalda bajarilgan ishlar nomi va miqdori
Kasbaga yunaltirish kurslari soni va qamrab olingan yoshlar soni

13320065501713*95/2640

Izoh: Yoshlarga ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerakligi, tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha tashabbuslar muhokamasiga keng urg'u berilishi, Prezidentimizning Yoshlar orasida "Men Sizning yoningizda turib, kamarbasta bo'laman!", deb ko'zi yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlar borligiga ishonaman. Yetakchilikning, o'z ortidan ergashtirishning eng to'g'ri yo'li shaxsiy o'rnak va namuna bo'lishdir. Yangi "O'zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo'ladi," – deya ta'kidlagan fikrlari va yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar to'g'risida ochiq samimiy muloqatlar o'tkazildi.Bu kabi uchrashuvlar hamda ma'rifiy tadbirlar katta-katta maqsadi bor, biroq uni amalga oshirishda ikkilanib, bir oz qiynalib turgan minglab, millionlab yoshlarni ruhlantirishi, tabiiy. 

Mahalladagi ota-onalar bilan yoshlarimizni ish bilan ta'minlanishi, ular bo'sh vaqtlarida nimalar bilan shug'ullanishi, mavjud muammolarni yechish yo'llari xamda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan yoshlar uchun keng imkoniyatlar to'g'risida qiziqarli suhbat o'tkazildi.

Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida joriy yilning 28 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Z.Almatov, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Yo.Sa'diev bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuv yoshlarda katta taasurot qoldirdi.

Toshkent avtomobil yo'llari kollejida Germaniyaning "Papenburg" kompaniyasi direktorlar kengashi a'zosi Angela Papenburg xonim bilan rivojlangan davlatlarda o'qitilayotgan "DUAL" o'quv reja va dasturlari bo'yicha qiziqarli davra stoli tashkil kilinib, o'quvchilar o'zlariga qiziqtirgan savol-javoblar o'tkazildi. Yo'l qurilishi va yo'l maxsus texnikalariga qiziqadigan 10 ta O'zbekistonlik yoshlar Germaniyada "DUAL" o'quv reja va dasturlari asosida Kompaniya hisobidan o'qitilishi va kulgusida "Papenburg" kompaniyasining O'zbekistondagi korxonasida ishlashi to'g'risida kelishib olindi.


Toshkent avtomobil yo'llari kolleji Yo'l qurilishi va yo'l maxsus texnikalari sohasida o'qiyotgan o'quvchilarni "Avtoyo'ltransxizmat" unitar korxonasidagi mavjud yo'l qurilishi texnikalari bilan tanishtirildi. Ushbu zamonaviy texnikalar (avtogreyder, katok, asfalt yotqizgich, yo'l frezasi, avtosamosvallar) o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi va ular kelajakda yo'l sohasini fidoyilari bo'lishga so'z berdilar. 

Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining bir gurux talabalari joriy yilning 29 yanvarida Qo'mita tizimidagi Qo'yliq ko'priklar, temir-beton  qurilmalar zavodida bo'lib, ko'priklar uchun zarur 15, 18, 24, 32 metrli balkalar hamda boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashdilar. Zavodning laboratoriyasida mahsulotlarni sinash usullarini o'rganishdi. Toshkent shahridagi Mahtumquli hamda Ohangaron yo'li ko'chalari kesishmasida qurilayotgan O'zbekistonda yagona bo'lgan 3 qavatli ko'prikni qurilish jarayoni hamda ishlatilyotgan texnikalar bilan tanishilar. Shuningdek, yoshlar bilan birgalikda xalqaro ahamiyatdagi M39, A373, Respublika ahamiyatdagi 4R12  va boshqa mahalliy ahimiyatdagi yo'llar va shahar ko'chalari bo'ylab ekskurtsiya uyushtirildi.   

Yunusobod tumani Salar 2 tor ko'chasida bir gurux talaba yoshlar bilan ochiq osmon ostida noananaviy uchrashuv o'tazildi. Jarayon davomida bo'lajak yo'lchilarga avtomobil yo'llarini ta'mirlash, saqlash ishlari bo'yicha tushunchalar berildi hamda shu ko'chada olib borilayotgan ta'mirlash ishlari bilan tanishdilar. Bunda talabalar ish jarayonini bevosita amalda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ta'mirlash ishlari obodonlashtirish ishlariga ulanib, talabalar Salar kanali atrofini turli chiqindilardan tozalab, shahar obodligiga o'z hissalarini qo'shdilar.

31 yanvar kuni Temiryo'lchilar madaniyat saroyida Transport Vazirligi rahbar hodimlari hamda transport sohasida faoliyat yuritayotgan 600 dan ortiq yosh mutaxassislar o'rtasida ochiq muloqot ko'rinishidagi davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda vazirlikning rahbar hodimlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlargi oid davlat siyosati, yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlar hamda Transport sohasi istiqbollari, kelajakdagi rejalar, yoshlar oldidagi vazifalar bo'yicha yosh mutaxassislarga tavsiya va tushunchalar berishdi. Yig'ilish doirasida yoshlar ham o'zlarini qiziqtirayotgan sohaga oid muammolar bo'yicha qator savollariga javob topishdi.

Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti "Avtomobil yo'llari va sun'iy inshootilarni qurish" fakultetining 50 dan oshiq talabalari- bo'lg'usi yo'lchilari ishtirokida Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumani Asaka ko'chasida 1,2 km yo'lni asfaltlash ishlari amalga oshiriladi. Bunda yosh yo'lchilar teodolit, nivelir, shagomer, maxsus termometrlarda real sharoitda ishlash jarayoni bilan tanishdilar hamda bevosita asfaltni yotqizish, uni zichlash ishlarida ishtirok etdilar.  

Avtomobil yo'llari qo'mitasi rahbariyati hamda tizimning bir qator tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 100 dan ortiq yoshlar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabrda 

Al-Xorazimiy nomidagi maktabida yoshlar bilan o'tkazilgan uchrashuvida bergan topshiriqlari ijrosi bo'yicha qilingan ishlar, 2020 yil 24 yanvardagi Prezidentning Oliy majlisga yo'llagan "Murojaatnoma"sida keltirilgan yoshlar oldidagi muammo va kamchiliklar, joriy yil doirasida amalga oshirilishi ko'zda tutilgan tadbirlar hamda sohaga oid boshqa bir qator muammolar yuzasidan "ochiq muloqot" ko'rinishidagi davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda yosh mutaxassislar bir qator muammoli masalalari hamda o'zlarining soha rivojiga oid takliflarini bildirishdi. Tadbir so'nggida Qo'mita rahbariyati tomonidan faol qatnashgan yoshlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Institutda faoliyat ko'rsatayotgan 18 ta to'garaklardan  300 dan ortiq talabalar va 50 dan ortiq yosh ilmiy hodimlar, yosh ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida tanlov tashkillashtirildi. Tanlovda qatnashish uchun institut yosh ilmiy hodimlari, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar o'zlarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarini kafedra ko'rgazmalarida namoyish etdilar. Tanlov natijalariga ko'ra institutning "Avtomobil yo'llarini qurish va ekspluatatsiyasi" kafedrasi "Eng yaxshi to'garak" nominatsiyasi bo'yicha 1-o'rinni egalladi va O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llar qo'mitasining bosh sovrini televizor bilan mukofotlandi. Tanlovda 2-o'rin "Avtomobil yo'llarini qidiruv va loyihalash" kafedrasiga va 3-o'rin "Yo'l qurilish mashinalari va jixozlari" kafedaralariga nasib etdi. 

Bundan tashqari, "Eng faol to'garak a'zosi", "Eng faol sport to'garagi a'zosi", "Eng faol dasturchi" va "Eng faol tadbirkor talaba" nominatsiyalari bo'yicha ham tanlovlar o'tkazildi. Tanlov natijalari bo'yicha barcha g'oliblar faxriy yorliqlar va O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llar qo'mitasining qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligi tomonidan Yoshlar ijod saroyida o'tkazilgan "Mehnat yarmarkasi"da Avtomobil yo'llari qo'mitasi tashkiliy tuzilmalaridagi 100 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi. Yarmarka davomida 300 dan ortiq mehnatga layoqatli yoshlar bilan suhbatlashib, sohaga oid qiziqarli materiallar bilan tanishtirildi. O'tkazilgan tashkiliy ishlarning natijasi o'laroq, ushbu yoshlarning 95 tasiga tizim tashkilotlarida mehnat faoliyatlarini boshlash uchun yo'llanmalar berildi. 

Toshkent Avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari To'lyaganova Aqshagul Abuevna, Sultanov Bekzod, Zayniev Farxod, Temirov Anvar hamda bir gurux soha mutaxassislari  va 500 dan ortiq talaba yoshlar, institut professor o'qituvchilari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlis a'zolariga yo'llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga hamda bugungi kunda yurtimizda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar va shart-sharoitlarga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda so'zga chiqqan Oliy Majlis deputatlari hamda soha mutaxassislari Prezidentimizning Yoshlar bilan uchrashuvlarida ta'kidlagan "Yangi O'zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz", "2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo'ladi", – kabi fikrlariga,  zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga ola biladigan, intiluvchan va serg'ayrat yoshlarni tarbiyalashdagi tashabbuslariga  alohida to'xtaldilar. Shu bilan birga talaba yoshlar o'zlarini qiynayotgan bir qator muammoli masalalar bo'yicha qiziqtirgan savollariga javoblar  olishdi. 

*

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 27 dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan o'tkazgan uchrashuvda yoshlarga oid javlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan "Yangi O'zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz" mavzusi to'g'risida

2. Chilonzor tumani "Chilonzor oq tepa"maxallasida mahallada bir gurux ota-onalar va yoshlar bilan uchrashish, yoshlar muammolari ularni ish bilan ta'minlash, yo'l sohasiga oid, ta'lim-tarbiya mavzulari.  

3. Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida talabalar bilan taniqli san'atkorlar hamda ichki ishlar hodilari bilan uchrashuv o'tkazildi.

4. Germaniyalik mutaxasislar bilan Toshkent avtomobil yo'llari kollejida yo'l sohasi uchun "DUAL" o'quv reja va dasturlari ishlab chiqish bo'yicha davra suhbatlari tashkil etish.

5. Kollej o'quvchilarini yo'l qurilishda ishlatiladigan maxsus texnikalar va ularni ishlatilishi bilan joyiga chiqib tanishtirish.

6. Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida talabalar bilan avtomobil yo'llari, sun'iy inshootlar, ko'priklar uchun materiallar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish.

7. Avtomobil yo'llari qo'mitasi mutaxasislari hamda Avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya instituti talabalari bilan noananaviy uchrashuv o'tkazish. (Yunusobod tuman, Salar 2- tor ko'chasi)

8. O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, OAV vakillari hamda bir guruh yoshlar ishtirokida "Rahbar va yoshlar" mavzusida Yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazish.

9. Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumani Asaka ko'chasida 1,2 km yo'lni yoshlar ishtirokida  asfalt qilish.

10. Avtomobil yo'llari qo'mitasida Qo'mita rahbariyati boshchiligida ochiq muloqot o'tkazish.

11. Avtomobil yo'llari qo'mitasida Qo'mita tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 

Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 

"Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" yiliga bag'ishlangan ilmiy-innovatsion ishlanmalar, kafedralarda faoliyat olib borayotgan to'garaklar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug'illanayotgan yoshlar tanlovini o'tkazish.

12. Mehnat vazirligi tomonidan Yoshlar ijod saroyida o'tkazilgan "Mehnat yarmarkasi"da bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashish. 

13. Toshkent Avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida "Yangi O'zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz" mavzusida uchrashuv tashkil etish.


Interactive services

The Single Portal of interactive state services