Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

TRANSPORT PROKURATURASI TOMONIDAN MYЕHR-MURUVVAT VA SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETTIRILMOQDA

3723 May 7, 2021 Print Download (PDF 145 Kb)


Mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun hayotda teng imkoniyat va sharoitlar yaratib berishga katta e'tibor qaratilmoqda.  


Ayniqsa, ma'naviy hayotimizda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi oliyjanob qadriyatlarni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi Muborak Ramazon hayiti arafasida mehrga zor insonlar holidan xabar olish xalqimizga xos bo'lgan azaliy an'analardan biri hisoblanadi. 

Joriy yilning 7 may kuni O'zbekiston Respublikasi Transport prokurori Ma'rufxon Xodjaev tashabbusi bilan Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyatidagi Sirdaryo "Muruvvat" nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamda Toshkent viloyatidagi Ohangaron "Saxovat" keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun internat uyiga tashrif uyushtirilib, navbatdagi xayriya-ehson tadbiri o'tkazildi.


 Ta'kidlash joizki, ushbu maskanlarda istiqomat qiluvchilar boshqalardan nafaqat salomatlik jihatidan jismonan o'zgalar ko'magiga muhtojligi, balki mehr-muruvvatga tashnaliklari bilan ham ajralib turishadi. 

Tadbir davomida davlatimiz g'amxo'rligidan bahramand bo'lib kelayotgan vasiylikka olingan keksalar va nogironlarga yaratilgan sharoitlar yaqindan o'rganilib, ular bilan samimiy suhbatlashildi. 

Tadbir doirasida internat uyida yashovchilarga kelayotgan yoz faslining jazirama issiq kunlarida yanada qulay sharoitlarni yaratib berish maqsadida xonalarda mo''tadil iqlim xosil qilish uchun konditsioner uskunalari va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoqroq muddat davomida saqlanishini ta'minlash uchun sovutkichlar kabi maishiy texnikalar bilan bir qatorda, zarur sanitariya-gigiena vositalari va boshqa sovg'alar taqdim etildi. 

Ulug' ayyom arafasida ulashilgan mehr va e'tibordan internat uylarida istiqomat qilayotganlarning qalbi cheksiz g'urur va iftixorga to'ldi hamda ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik va yaratib berilayotgan sharoitlar uchun o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi. 

Mazkur yo'nalishlardagi tadbirlar davom ettiriladi.


Interactive services

The Single Portal of interactive state services