Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi

2947 March 5, 2021 Print Download (PDF 171 Kb)


Avtomobil yo'llari qo'mitasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.


Tadbirni ochgan qo'mita raisi A.Abduvaliev qo'mita markaziy apparatida hamda tizimda mehant qilayotgan xotin-qizlarni bahor va go'zallik bayrami – 8 mart ayyomi bilan muborakbod etdi.

Darhaqiqat, barchamiz uchun aziz va mo''tabar bo'lgan ayol zoti haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalombor, bizni dunyoga keltirib, oq yuvub – oq taragan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib ta'zim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so'zga eng munosib zot bu – avvalo Onadir. Biz ona nomini azal-azaldan ulug'lab, unga e'zoz va ehtirom ko'rsatib kelgan xalqmiz.


Tadbirda davomida qayd etilganidek, ayolni e'zozlash, ayolga ehtirom ko'rsatish xalqimizga xos olijanom qadriyat hisoblanadi. Biz barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun Siz mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz. 


Tadbir so'ngida sohada mehnat qilayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg'alari topshirildi. 

Madaniyatimiz, ma'naviyatimiz chirog'i bo'lmish aziz onajonlar, opa-singillar, dilbar qizlarimiz, omon bo'lsin!

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Matbuot qo'miatsi

Interactive services

The Single Portal of interactive state services