Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yo'l sohasida Yaponiya bilan hamkorlik

4036 December 18, 2020 Print Download (PDF 22 Kb)


Avval xabar qilganimizdek, Avtomobil yo'llari qo'mitasi hamda Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan – 2018-yilning 30-may kuni yo'l-ta'mirlash texnikalarini beg'araz yetkazib berish loyihasi yuzasidan dastlabki kelishuv imzolangan edi.


Joriy yilning 18-dekabr kuni mazkur loyiha doirasida Yaponiya hukumati tomonidan – 16 ta yo'l-ta'mirlash texnikalari va butlovchi qismlarni O'zbekistonlik yo'lsozlarga topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda Avtomobil yo'llari qo'mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliev hamda Yaponiyaning O'zbekistondagi muxtor elchisi Fudjiyama Yoshinori ishtirok etdi.

Do'stona ruhda kechgan tadbirda tomonlar kelgusida ham butlovchi qismlar yetkazib berish yuzasidan kelishib olishdi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi Matbuot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services