Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

2017 -2018 yillar I -chorak yakunlariga ko'ra Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining asosiy faoliyat ko'rsatkichlari to'g'risida taxliliy MA'LUMOT

7205 May 28, 2018 Print Download (PDF 153 Kb)


T/r Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatkichlar O'lchov birligi 2017 yil I-chorak amalda 2018 yil I-chorak amalda 2017 yilning I-choragiga nisbatan(%)
Bajarilgan ish xajmi, jami

mlrd.so'm 302,0 470,7 155,9
shu jumladan:
1 Investitsiya dasturi bo'yicha mlrd.so'm 59,7* 74,7* 125,1
2 To'la ta'mirlash ishlari mlrd.so'm 9,4 9,5 101,3
3 Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash ( "Viloyat mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmati" DUKlar buyurtmasi bilan) mlrd.so'm 11,9 13,0 109,2
km 201 210 104,5
4 Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlari mlrd.so'm 195,3 346,8 177,6
km 418 480 114,8
5 Sanoat ishlab chiqarish xajmi mlrd.so'm 25,7 26,7 104,1
6 Yangi ish joylarini yaratish kishi 64 124 194,0
7 Qora metall chiqindilarini topshirish tonna 4094 4100 100,1

* Xalqaro moliya institutlari mablag'lari hisobiga, xorijiy pudrat korxonalari tomonidan bajarilgan ish hajmi bilan birga.


Qo'mitatizimidagi korxona va tashkilotlarda 2018 yilning I choragi davomida Investitsiyadasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 74,7 mlrd. so'mlik qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ko'rsatkich 2017 yilning xuddishu davriga nisbatan 125 foizni tashkil etadi. Bundantashqari to'la ta'mirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida9,5 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkich esa o'tgan yilining I choragiga nisbatan101,3 foizni tashkil qiladi. 2018 yilning 1-chorak yakunlari bo'yicha Respublikamizdagi210 km mintaqaviy avtomobil yo'llarinita'mirlandi. Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 7,5 km, Andijonda 17,9 km,Buxoroda 13,4 km, Jizzaxda 6,2 km, Qashqadaryoda 33,4 km,Navoiyda 1,3 km, Namanganda 1,2 km, Samarqandda 4,8 km, Surxandaryoda 77,0 km, Toshkent viloyatida 19,7 km, Farg'onada 15,2 km, Xorazmda 11,2 km hamda Toshkent shahrida 1,2 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida ta'mirlash ishlari olib borildi. Mintaqaviy ichkiyo'llar ta'miri hajmi esa o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan 104,5 foizgaoshgan.


2018 yil Ichoragi davomida Respublika bo'yicha avtomobil yo'llarida42695 km uzunlikdagi yo'llardan 480kmdan iborat qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu esa 2017 yilining  I choragiga qaraganda 114,8  foizni tashkil etadi.

Qo'mita tizimidagi korxonlar tomonidan 2018 yil I choragida  26,7 mlrd.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Mazkur ko'rsatkich 2017 yiliningI choragiga nisbatan 104,1 %ni tashkiletganligini ko'rsatadi.

Tizim korxonlari tomonidan 2018 yil I choragida 124 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2017 yilining mos ravishdagitegishli davriga qaraganda qariyb ikki baravar ortib, 194,0 foizni tashkil etadi.

Korxonlar tomonidan qora metall chiqindilari topshirishko'rsatkichi 2018 yil I choragida 4100 tonnani tashkil etadi. Bu – qariyb o'tgan yilgi darajada qolib, kamayishga yo'l qo'yilmagan.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil  yo'llari davlat qo'mitasining 2018 yil I choragida– umumiy bajarilgan ishlar xajmi – 470,7mlrd. so'mlikdan iborat. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning  I choragiga nisbatan bir yarim baravardan ziyodgaoshib, 155,9 % ni tashkil etganliginiko'rsatadi.

Interactive services

The Single Portal of interactive state services