Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

2019 yil yakuniga ko'ra Avtomobil yo'llari qo'mitasining asosiy faoliyat ko'rsatkichlari to'g'risida taxliliy MA'LUMOT

3817 January 24, 2020 Print Download (PDF 162 Kb)


T/r Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatgichlar  O'lchov birligi  2018 yil amalda   2019 yil amalda  

O'tgan yilga nisbatan (%)

Bajarilgan ish xajmi, jami

mlrd.so'm 3531,2 4233,9 119,9
shu jumladan:
1 Investitsiya dasturi bo'yicha mlrd.so'm 686,5 1158,1 168,7
km 96,3 101,4 105,3
2To'la ta'mirlash ishlari mlrd.so'm 392,2415,8105,7
km 82,7 86,7 104,8
3 Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash mlrd.so'm 909,6 1283,3 141,1
km 6485,1 7543,4 116,3
4 Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlarimlrd.so'm1542,91376,789,2
km 3252,0 3350,0 103,0
5 Yangi ishjoylarini yaratish kishi1366 373 27,3
6Qora metall chiqindilarini topshirishtonna15981,015003,094,0


Qo'mita tizimidagikorxona va tashkilotlar  2019 yil  davomida Investitsiya dasturiga asosan umumiy foydalanishdagiavtomobil yo'llarida 1158,1 mlrd. so'mlik  qurish va rekonstruktsiya qilish  ishlari amalga  oshirildi.Ushbu ko'rsatkich 2018 yilning xuddi shu davriga nisbatan  168, 7 foiznitashkil etadi.

Bundan tashqarito'la ta'mirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 415,8 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkichesa o'tgan yilga  nisbatan 105, 7 foizga oshgan.


2018-2019 yillar  yakunigako'ra asosiy faoliyat ko'rsatgichlarining taqqoslamadiagrammasi



2019 yil yakuni bo'yicha Respublikamizdagi 7543,4 km mintaqaviy avtomobilyo'llari ta'mirlandi. Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 551,5km, Andijonda 584,6km, Buxoroda 485,3 km, Jizzaxda442,6 km,  Qashqadaryoda 588,5 km, Navoiyda 504,7km, Namanganda 553,4 km, Samarqandda 609,2 km, Surxandaryoda 626,7km, Sirdaryoda 437,5 km,Toshkent viloyatida 684,3 km, Farg'onada 540,4km,Xorazmda 642,7km hamda Toshkent shahrida 292,0 km mintaqaviyavtomobil yo'llarida  ta'mirlash ishlari olib borildi. Mintaqaviy ichki yo'llarta'miri hajmi esa o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan  116,3 foizni tashkil etadi.


2019yil yakuniga ko'ra mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash (xududlar kesimidagi diagramma)



2019yil  davomida  Respublika bo'yicha  avtomobil yo'llarida 42695 kmuzunlikdagi yo'llardan 3350,0 kmdan iborat qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Buesa 2018 yilga  qaraganda 103,0 foizni tashkil etadi.

Tizim korxonlari tomonidan 2019 yilda 373 ta yangi ish o'rinlariyaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2018 yilining mos ravishdagi tegishlidavriga qaraganda 27,3 foizni tashkil etadi.

Korxonlar tomonidan qora metall chiqindilari topshirish ko'rsatkichi 2019 yilda   15003tonnani  tashkil etadi. Bu  esa o'tgan yilga qaraganda 94,0 foizni tashkiletadi.

Xulosa qilib aytganda, Avtomobil yo'llari qo'mitasining 2019 yilda    – umumiy bajarilgan ishlarxajmi – 4233,9 mlrd. so'mdan iborat.Bu ko'rsatkich o'tgan yilganisbatan  119,9 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.

Interactive services

The Single Portal of interactive state services