Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" DAK boshqaruvining 2015 yil 9 oylik yakunlari bo'yicha yig'ilishi

8177 October 22, 2015 Print Download (PDF 257 Kb)


2015 yilning 22 oktyabr kuni kompaniya boshqaruvining 2015 yil 9 oylik yakunlaribo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tizimidagihududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishniboshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.

Yig'ilishda O'zbekiston RespublikasiPrezidenti I.Karimov tomonidan 2015 yilning 16 yanvarida, Vazirlar Mahkamasiningyil yakunlariga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishida belgilab berilgan – O'zbekistonningiqtisodiy rivojlanish dasturidagi ustuvor yo'nalishlarning kompaniyadagi ijrosimuhokama qilindi. Shuningdek, joriy yilning 9 oyida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirish yakunlariga qaratilgan, 2015 yil 19 oktyabrda bo'lib o'tgan VazirlarMahkamasi yig'ilishida ko'tarilgan masalalar ham diqqat markazida bo'ldi.

Yig'ilishda ta'kidlanganidek, 2015yilning 9 oyi davomida umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarida tizim korxonalaritomonidan jami 1038,8 mlrd. so'mlik yo'l qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlaribajarilgan bo'lib, bu o'tgan 2014 yilning shu davriga nisbatan 132,4% ni tashkiletadi.

Investitsiya dasturiga muvofiq2015 yilda 141,6 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvda bo'lgan avtomobil yo'llariniqurish va rekonstruktsiya qilish ishlari belgilangan. Tuzilgan shartnoma va tasdiqlanganrejaga muvofiq I yarim yillik yakunlari bo'yicha 375,6 mlrd. so'mlik yo'l ishlaribajarilib, 93,7 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagiumumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida hamda shahar ko'chalarida "O'zavtoyo'l"kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan yo'llarni mukammal ta'mirlashda 135,6mlrd. so'mlik ishlar amalga oshirilib, 63,3 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvdagiavtomobil yo'llari ta'mirlandi.

42654 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagiavtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash ishlari bo'yicha 2015 yilning 9oyida 431,7 mlrd. so'mlik mablag'lar o'zlashtirildi.

Hisobot davri mobaynida tizim korxonava tashkilotlarida 205 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Yig'ilish davomida tizimdagi korxonalartomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarinijoriy etish, ijro intizomiga qat'iy rioya etish kabi masalalarga tanqidiy yondashilib,muammolarni ijobiy hal etish yo'llari muhokama qilindi.

Boshqaruv yig'ilishi yakunida kuntartibdagi ko'rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

"O'zavtoyo'l" DAK matbuot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services