Qiziqish Bildirish taqdim etish uchun so'rov
ATROF-MUHIT MUHOFAZASI BO'YIChA MILLIY KONSULTANT
Osiyo Taraqqiyot Banki ishtirokidagi "A380 "G'UZOR-BUXORO-NUKUS-BEYNEU"avtomobil yo'lining 964-1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish" loyihasi doirasida
O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari qo'mitasi atrof-muhit muhofazasi bo'yicha milliy konsultant tanlovini o'tkazishni e'lon qiladi.
Konsultant Osiyo Taraqqiyot Banki va uning Qarz oluvchisi tartib va qoidalariga muvofiq tanlab olinadi.
Konsultant tegishli professional malaka va tajribaga, shujumladan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish yoki turdosh sohalarda oliy ma'lumotga ega bo'lishi, xalqaro moliya tashkilotlarida, shuningdek xalqaro donorlar tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ekologiya yoki atrof muhit bo'yicha konsultant sifatida ish tajribasiga ega bo'lishi (afzali 5 yil), xalqaro moliya tashkilotlari hisobotlarini tayyorlash tajribasiga ega bo'lishi, ingliz, rus va o'zbek tillarini bilishi vatexnik topshiriqda mavjud boshqa tegishli talablarga javob berishi lozim.
Batafsil ma'lumot va texnik topshiriqni CSRN orqali www.csrn.adb.org saytidan olishingiz mumkin.
Qiziqish Bildirishlar OTBning CSRN veb-saytidagi onlayn ariza orqali 2021 yil 22 martga qadar yuborilishi lozim.
Savollar bo'yicha quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin:
Mustaqillik shoh ko'chasi 68, Toshkent, O'zbekiston.
Kimga: LAOG direktori o'rinbosariga Matyoqubov Quvondiq Ko'palovich
Telefon: (99871) 268-97-08 /(99899) 731-23-89
El. manzil:mff-pmu-240@mail.ru