Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

RASMIY MUNOSABAT

3533 June 1, 2021 Print Download (PDF 18 Kb)


Ayrim ijtimoiy tarmoqlar tomonidan "Amirsoy" tog'-chang'i kurorti majmuasiga olib boruvchi avtomobil yo'lini qurish ishlarining loyiha-smeta hujjatlari bilan bog'liq asossiz fikrlar tarqatilmoqda.


Mazkur ob'ekt bo'yicha ishlab chiqilgan loyiha yuzasidan "Yo'linjiniringloyiha" MChJ tomonidan mutasaddi idoralar bilan kelishilgan holda Qurilish vazirligi huzuridagi "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" Davlat unitar korxonasining yig'ma ijobiy xulosalari olingan. 

Pudratchi tashkilot tomonidan ob'ektda yo'l qurilish ishlari belgilangan tartib asosida ya'ni, texnik va mualliflik nazorati ostida hamda loyiha-smeta hujjatlari asosida shaharsozlik normalari va qoidalariga to'liq rioya etgan holda amalga oshirilgan.

Avval ma'lum qilganimizdek, joriy yilning mart oyida "Amirsoy" tog'-chang'i kurorti hududida gurunt va tog' jinslarida geologik siljish, shuningdek, Davlat Geologiya qo'mitasi huzuridagi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmatining xulosalariga ko'ra ushbu hududda xavfli geologik jarayonlarni faollashishining real xavfi tug'ilib, ko'chki yoriqlarida topogeodezik reperlarni ko'rsatkichiga ko'ra sutkasiga 10-20 sm gacha surilish va 1,0 metrgacha cho'kish holatlari kuzatilishi oqibatida avtomobil yo'liga zarar yetkazilgan.

Ayni paytda "Amirsoy" tog'-chang'i kurorti majmuasiga olib boruvchi avtomobil yo'lida sodir bo'lgan yo'l cho'kish holatini bartaraf etish bo'yicha "O'zyo'lloyiha" loyiha-qidiruv instituti DUK tomonidan "O'zgashkLITI" DUK va Davlat Geologiya qo'mitasi huzuridagi Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati bilan birgalikda avtomobil yo'lining cho'kkan qismida muhandislik-geologik, gidrologik, gidrogeologik va topografik tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi – ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoq vakillariga 2021 yil mart oyida "Amirsoy" tog'-chang'i kurorti majmuasiga olib boruvchi avtomobil yo'lida kuzatilgan tabiiy ofat bo'yicha ma'lumotlar ochiqligini ma'lum qiladi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Matbuot xizmati


Interactive services

The Single Portal of interactive state services