Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"Avtomobil yo'llaridan foydalanish va texnik xolatini taxlil qilish markazi" unitar korxonasi

February 11, 2015 Print Download (PDF 53 Kb)

"Avtomobil yo'llaridan foydalanish va texnik xolatini taxlil qilish markazi" unitar korxonasi

Salayev Faxriddin Farxodovich
Qabul kunlari: Dushanba-Payshanba soat 8:00-17:00

Toshkent sh., 100052, Mirzo Ulug'bek tumani, Katta Darxon 2-tor ko'cha, 5-uy

(0 371) 286-19-02

(0 371) 286-19-02

website:www.ekspertiza.uz


"Yo'l loyiha ekspertiza" unitar korxonasining funksional vazifalari

  • mablag'lardan foydalanish yo'nalishlarini asoslash maqsadida yo'l ishlarining turlari va tarkibi, avtomobil yo'llari qurish, qayta qurish, ta'mirlash va saqlash ishlari ob'ektlarini texnik iqtisodiy asoslash va loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o'tkazish;
  • o'rnatilgan tartibda investitsiya loyihalarining TIA (TIX) va ishchi loyihalarni, shuningdek avtomobil yo'llarini va ulardagi muhandislik inshootlarini loyihalash, qurish, qayta qurish va ta'mirlash loyihalarini ekspertizadan o'tkazish va ekspertiza xulosalarini berish;
  • avtomobil yo'llari sohasida yagona ekspertiza siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
  • tuman rejalashtirish loyihalari, shaharlarning bosh rejalari, rejalashtirish va qurilish, hamda boshqa rejalashtirish hujjatlarining avtomobil yo'llari, ko'prik, yo'l o'tkazgichlar va yo'l inshootlariga oid qismini qurilish me'yorlari va qoidalariga mosligini ekspertizadan o'tkazish;
  • avtomobil yo'llari tarmog'ini rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha ishlab chiqilgan kontseptsiya va dasturlarni ekspertizadan o'tkazish;
  • avtomobil yo'llari sohasida bajariladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba-sinov, loyihalash, muhandislik-qidiruv, geodeziya ishlarini ekspertizadan o'tkazish;
  • avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish, qayta qurish, ta'mirlash va saqlash ishlarini ekspertizadan o'tkazishga oid ilmiy asoslangan texnik me'yorlarni ishlab chiqishda qatnashish;
  • aerodromlar qurilishi va qayta qurish ishlari loyihalarini ekspertizadan o'tkazish;
  • avtomobil yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirishda qatnashish;
  • avtomobil yo'llarini qurish, ta'mirlash va saqlash masalalarida ekspertiza faoliyati bo'yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirishda qatnashish;
  • avtomobil yo'llarida muhandislik inshoatlarni, ya'ni ko'prik, yo'l o'tkazgich (puteprovod), tonnel, har xildagi suv o'tkazish va boshqa inshootlarni holatini tahlil qilish, takliflar tayyorlash, hamda muhandislik inshootlar pasportlarini tuzish;
  • avtomobil yo'llari va muhandislik inshootlarida favqulotda sodir bo'lgan holatlarni oldini olish (sel, qor qo'chishi, yer ko'chishlari) va bartaraf etish bo'yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash;
  • umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llardan o'ta og'ir hamda me'yorlardan oshgan hajm va o'lchamdagi yuklarga ega bo'lgan avtotransport vositalarini harakatlanishini respublika bo'yicha o'tkazish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish;
  • avtomobil yo'llariga oid statistik ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish, prognozlashtirish, yo'l infratuzilmasini uzoq muddatga rejalashtirishni muvofiqlashtirish;
  • favqulotda holat yuz berganda avtomobil yo'llari va ko'prik inshootlarini tiklash bo'yicha dasturlarni tuzish;
  • o'rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni hamda respublika avtomobil yo'llari tarmog'ini rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha alohida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
  • o'rnatilgan tartibda Muassisning xorijdagi faoliyatini yuritishda ishtirok etish, texnik-maslahat xizmat ko'rsatish va faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
  • qurilishda muhandislik faoliyati;
  • avtomobil yo'llari va undagi inshootlarni hisobga olish, baholash va monitoring uchun ularni sohaviy kadastrlarini yaratish va olib borish;
  • yo'l-transport kommunikatsiyalarini o'ta muhim ob'ektlarini pasportlarini tayyorlash;
  • xalqaro talablar darajasidagi avtomobil yo'llari va barcha inshootlar bo'yicha hamda transport sohalari uchun keng qamrovli mutaxassislarni qayta tayyorlash;
  • mutaxassislar tayyorlash va yo'l sohasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadida chet el firma va kompaniyalarini o'rnatilgan tartibda jalb qilish;
  • yo'l qurilishida ishlatiladigan yangi materiallar va texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha tajriba loyihalarini amalga oshirish;
  • avtomobil yo'llari sohasiga oid barcha turdagi izlanishlar va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
  • amaldagi qonunchilik asosida yo'l sohasining ta'qiqlanmagan konsalting, agentlik, vakolatlik, konsignatsion, dilerlik kabi ishlarni bajarish hamda marketing, servis, transport, reklama va boshqa faoliyatlarini amalga oshirish;
  • quriladigan ob'ektlarda texnik nazoratni amalga oshirish;
  • yo'l sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish, tajriba almashish ishlarini amalga oshirish;
  • xorijiy davlatlar mutaxassislarini (amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda) tajriba almashishga, ma'ruzalar o'qishga va vaqtincha ishlashga taklif etish;
  • o'quv bazasini tashkil qilish bilan mutaxassislarni o'qitish va ularning malakasini oshirish;
  • maslahat xizmatlarini ko'rsatish;
  • xorijlik mutaxassislarni o'rnatilgan tartibda taklif qilgan holda ilmiy-nazariy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar tashkil qilish va o'tkazish;
  • aholiga maishiy xizmatlarning barcha turlarini ko'rsatish;
  • mehmonxona xizmatlari;
  • ilmiy-amaliy izlanishlar, ilmiy ishlar va boshqa ishlanmalarni, yangi texnologiyalarni, "nou-xau"larni yaratish, sotib olish va sotish, hamda ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish;
  • xayriya va homiylik faoliyati (Muassis bilan kelishilgan holda);
  • belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat;
  • avtomobil yo'llarini ta'mirlash va saqlash uchun mablag'lar sarfini muntazam tahlilini olib borish;
  • avtomobil yo'llari va mintaqaviy yo'llarni qurish, ta'mirlash ishlariga loyiha – xarajat hujjatlarini tayyorlash;
  • ko'priklar qurilishi va ta'mirlash ishlariga loyiha – xarajat xujjatlarini tayyorlash;
  • shag'al, qum, asfalt, ohak, temir-beton mahsulotlari va boshqa qurilish hamda yo'l qurilishi maxsulotlarini ishlab chiqarish;
  • neft mahsulotlarini qayta ishlash, ulgurji va chakana savdoni o'rnatilgan tartibda tashkil qilish va uyushtirish;
  • tipografiya, poligrafiya xizmatlarini joriy etish, texnik yo'riqnomalar va jurnallar chop etish;
  • Markaziy Osiyo respublikalari infratuzilmalarining turli sektorlarida konsalting xizmatlarini amalga oshirish, shu jumladan: avtomobil yo'llari injiniringi, qurilish injiniringi, aeroportlar injiniringi, oqar suvlar injiniringi, temir yo'llar injiniringi, shahar, milliy va xalqaro transportni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurish ishlarida ishtirok etish;
  • yo'l qurilish texnikalarini, avtomashinalarini yig'ish va sotish, hamda ta'mirlash;
  • yo'l qurilish texnikalari uchun mutaxassislarni tayyorlash va o'qitish, qayta tayyorlash;
  • ikkilamchi xom-ashyoni qayta ishlash;
  • qurilish mahsulotlari va neft mahsulotlari chiqindilaridan avtomobil yo'llarini qurishda foydalanish;
  • iqtidorli yoshlarga, qobiliyatli kishilarga, san'atkor va sportchilarga homiylik qilish (Muassis bilan kelishilgan holda);
  • yordamchi xo'jaliklarni rivojlantirish;
  • foyda olish maqsadida O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish.

nizomni yuklab olish (pdf, 284 kb)

Interactive services

The Single Portal of interactive state services