Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

2014 yil yakunlariga ko'ra "O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha kutilishi to'g'risida ma'lumot

8298 28 авг., 2015 Распечатать Скачать (PDF 92 Kb)

"O'zavtoyo'l" DAKning asosiy faoliyat turi bo'yicha:

"O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi mehnat jamoalari tomonidan  42654 km. uzunlikdagi umumfoydalanuv avtomobil yo'llari va undagi barcha muhandislik inshootlari O'zbekiston Respublikasi "Avtomobil yo'llari to'g'risida"gi qonuniga muvofiq texnik soz holatda asraldi, yo'l harakati xavfsizligi  va uzluksizligi ta'minlandi.

"O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi tashkilot va korxonalar tomonidan 2014 yilda jami 1095,0 mlrd. so'mlik (2014 yil prognoziga nisbatan 101,4 %) yo'l qurilish, ta'mirlash, saqlash va tashqi pudrat ishlari bajarildi.

Shundan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 400,0 mlrd.so'mlik joriy ta'mirlash va saqlash ishlari amalga oshirildi (joriy ta'mirlash ishlari – 252,3 mln.so'm, saqlash ishlari – 147,7 mln.so'm).

Hisobot davrida jami 7269,5 km., jumladan umumiy foydalanishdagi 282,5 km. uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi, 117,0 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari to'la ta'mirlandi, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarining 6870 km. qismlarida joriy ta'mirlash hisobiga yo'l holati va ravonligi yaxshilandi.

 

2014 yil Investitsiya dasturi ijrosi bo'yicha:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 noyabrdagi PQ-2069-sonli qarori asosida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan 2014 yilda jami 434,0 mlrd.so'mlik yo'l ishlari bajarildi, hamda ushbu ko'rsatkich 2014 yil prognoziga nisbatan 101,1 %ni tashkil qildi.

Hisobot davrida 282,5 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi.

Jumladan, xalqaro ahamiyatdagi A-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 916-964 km qismini rekonstruktsiya qilish ishlarida 19016,6 mln.so'mlik (prognozga nisbatan 103,9 %) ishlar amalga oshirildi;

xalqaro ahamiyatdagi M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining 311-321 km qismini rekonstruktsiya qilish ishlarida 31415,9 mln.so'mlik (prognozga nisbatan 100,0 %) ishlar amalga oshirildi.

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi PQ-1446-sonli qaroriga muvofiq, 2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini jadallashtirish dasturi ijrosining borishi to'g'risida:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi PQ-1446-sonli qaroriga muvofiq, 2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini jadallashtirish dasturiga asosan kompaniya korxona va tashkilotlari tomonidan 2014 yilda 378,5 mlrd.so'mlik yo'l ishlari bajarilib, 2014 yil prognozga nisbatan 100,5 %ni tashkil etdi.

 

"Sog'lom bola yili" dasturi ijrosi bo'yicha:

Kompaniya tomonidan "Sog'lom bola yili" dasturi ijrosi bo'yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu yo'nalishda tegishli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, "O'zavtoyo'l" kompaniyasi tizimidagi korxona va tashkilotlardagi mavjud yozgi bolalar oromgohlarini ta'mirlash va jihozlash, tizimdagi korxona va tashkilotlar tomonidan ishchi-xodimlarning farzandlarini yozgi bolalar oromgohlarida dam olishlarini hamda ishchi-xodimlarni ularning farzandlari bilan sanatoriylar, sihatgohlarga yo'llanmalar berilishi ishlari tashkillashtirildi.

Shuningdek, 2014 yil davomida "O'zavtoyo'l" kompaniyasining internet tarmog'idagi veb-saytida sohada "Sog'lom bola yili" Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar keng yoritilib borildi.

 

Yangi ish o'rinlari yaratish dasturi ijrosi bo'yicha:

Kompaniya tomonidan 2014 yilda Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yangi ish o'rinlarini yaratish dasturi parametrlariga muvofiq 180 ta yangi ish o'rinlari ochilishi ko'zda tutilgan.

2014 yilda kompaniya korxona va tashkilotlari tomonidan jami 1087 ta yangi ish o'rinlari (prognozga nisbatan 603,9 %) ochilishi ta'minlandi.

 

Sanoat ishlab chiqarish hajmi bo'yicha:

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kompaniyaga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 2014 yilda o'sish sur'atlari qiyosiy narxlarda 103,5 % miqdorida belgilangan bo'lib, kompaniya tizimidagi sanoat ishlab chiqarish va yordamchi ishlab-chiqarish xo'jalik korxonalari tomonidan 2014 yilda qiyosiy narxlarda 237,6 mlrd.so'mlik, 2013 yilga nisbatan qiyosiy narxlarda 103,6 % ga ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 

Qurilish-pudrat ishlari hajmi bo'yicha:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 noyabrdagi PQ-2069-sonli qarori asosida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan 2014 yilda jami 434,0 mlrd.so'mlik yo'l ishlari bajarildi, hamda ushbu ko'rsatkich 2014 yil prognoziga nisbatan 101,1 %ni tashkil qildi.

Shuningdek, xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatiga ega bo'lgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo'llarini to'la ta'mirlash bo'yicha "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan 2014 yilda 141,6 mlrd.so'mlik yo'l ishlari bajarildi.

Bundan tashqari, tashqi pudrat ishlarida (umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llaridan tashqari) 119,5 mlrd.so'mlik ishlar bajarildi.

 

Kompaniya tomonidan respublikadagi barcha yo'l xo'jaliklarida muntazam ish olib borish evaziga, 2014 yilda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini rivojlantirish va takomillashtirish, yo'l mablag'larini samaradorligini oshirish, xodimlarni tayyorlash, mahalliy ashyolarni sifatini oshirgan holda yo'llarni saqlash va ta'mirlash ishlarida qo'llash kabi barcha yo'nalishlarda 2013 yilga nisbatan  o'sishga erishildi.

Интерактивные услуги

Единый портал интерактивных государственных услуг