Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Аналитическая информация по основной деятельности Комитета по автомобильным дорогам за 9 месяцов 2020 года (текст документа приведен на государственном языке)

3684 11 нояб., 2020 Распечатать Скачать (PDF 216 Kb)


T/r Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatgichlar O'lchov birligi 2019 y 9 oylik amalda 2020 y 9 oylik amalda O'tgan yilga nisbatan(%)
Bajarilgan ish xajmi, jami

mlrd.so'm3700.43053.082.5
shu jumladan:
1 Investitsiya dasturi bo'yicha mlrd.so'm 901.8720.279.8
km 57.477.7135.4
2To'la ta'mirlash ishlari mlrd.so'm343.9213.862.2
km80.521.326.4
3 Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash mlrd.so'm1388.7969.369.8
km6200.51991.532
4 Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlarimlrd.so'm10661149.7108
km22002270103
5Yangi ishjoylarini yaratish kishi2931177440 barovar o'sish


Qo'mita tizimidagi korxona va tashkilotlar  2020 yil  9 oylikda Investitsiyadasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 720.2 mlrd. so'mlik  qurish va rekonstruktsiya qilish  ishlari amalga  oshirildi. Ushbu ko'rsatkich 2019 yilning xuddi shu davriga nisbatan  79.8 foizni tashkiletadi.

Bundan tashqari to'la ta'mirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobilyo'llarida 213.8 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi.Bu ko'rsatkich esa o'tgan yilga  nisbatan 62.2 foizga teng.

 

2019-2020 yillar  9 oylik yakuniga ko'ra asosiy faoliyat ko'rsatgichlarining taqqoslama diagrammasi



2020 yil 9 oylik yakuni bo'yicha Respublikamizdagi 1991.5 km mintaqaviy avtomobil yo'llari ta'mirlandi. Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 77.2 km, Andijonda 268.5 km, Buxoroda 134.1 km, Jizzaxda 101.7 km,  Qashqadaryoda 224.2 km, Navoiyda 92.4 km, Namanganda 86.6 km, Samarqandda 194.1 km, Surxandaryoda 146.4 km, Sirdaryoda 90.7 km, Toshkent viloyatida 108.5 km, Farg'onada 211.4 km, Xorazmda 150.3 km hamda Toshkent shahrida  105.4 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida  ta'mirlash ishlari olib borildi. Mintaqaviy ichki yo'llar ta'miri hajmi esa o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan  32 foizni tashkil etadi.

 

2020 yil 9 oylik yakuniga ko'ra mintaqaviy avtomobil  yo'llarini ta'mirlash (hududlar kesimidagi diagramma)

2020 yil 9 oylikda Respublika bo'yicha  avtomobil yo'llarida 42695 km uzunlikdagi yo'llardan 2270 kmdan iborat qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu esa 2019 yil  9 oylikka qaraganda 103 foizni tashkil etadi.

Tizim korxonlari tomonidan 2020 yil I-yarim yilligida 11774ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2019 yilining mos ravishdagi tegishli davriga qaraganda 40 barovar oshgan.

Xulosa qilib aytganda, Avtomobil  yo'llari qo'mitasining 2020yil  9 oylikda –umumiy bajarilgan ishlar xajmi – 3053 mlrd. so'mdan iborat. Bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan  82.5 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.

Интерактивные услуги

Единый портал интерактивных государственных услуг