Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

"O'zavtoyo'l" DAK boshqaruvining 2015 yil 1-yarim yillik yakunlari bo'yicha yig'ilishi

9470 28 авг., 2015 Распечатать Скачать (PDF 106 Kb)


2015 yilning 22 iyul kuni "O'zavtoyo'l" DAK majlislar zalida kompaniya boshqaruvining 2015 yil 1-yarim yillik yakunlari bo'yicha kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo'linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Yig'ilishni kompaniya boshqaruv raisi A.Abduvaliev olib bordi.

Dastlab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan 2015 yilning 16 yanvarida, Vazirlar Mahkamasining yil yakunlariga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishida belgilab berilgan – O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish dasturidagi ustuvor yo'nalishlarning kompaniyadagi ijrosi ko'rib chiqildi. Shuningdek, joriy yilning 1-yarim yilligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga qaratilgan, 2015 yil 16 iyulda bo'lib o'tgan Vazirlar Mahkamasi yig'ilishida ko'tarilgan masalalar ham diqqat markazida bo'ldi.

Yig'ilishda ta'kidlanganidek, 2015 yilning I yarim yilligi davomida umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarida tizim korxonalari tomonidan jami 672,2 mlrd. so'mlik yo'l qurilish, ta'mirlash va saqlash ishlari bajarilgan bo'lib, bu o'tgan 2014 yilning shu davriga nisbatan 121,7% ni tashkil etadi.

Investitsiya dasturiga muvofiq 2015 yilda 141,6 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvda bo'lgan avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari belgilangan. Tuzilgan shartnoma va tasdiqlangan rejaga muvofiq I yarim yillik yakunlari bo'yicha 218,3 mlrd. so'mlik yo'l ishlari bajarilib, 45,5 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi.

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida hamda shahar ko'chalarida "O'zavtoyo'l" kompaniyasi korxona va tashkilotlari tomonidan yo'llarni mukammal ta'mirlashda 81,4 mlrd. so'mlik ishlar amalga oshirilib, 24,3 km uzunlikdagi umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari ta'mirlandi.

42654 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash ishlari bo'yicha 2015 yilning I yarim yilligida 337,7 mlrd. so'mlik mablag'lar o'zlashtirildi.

Hisobot davri mobaynida tizim korxona va tashkilotlarida 180 nafar yangi ish o'rinlari yaratildi.

Yig'ilish davomida sohadagi yo'l qurilishi va uning ta'miridagi sifatga e'tibor qaratish, tizimdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash kabi masalalarga tanqidiy yondashilib, muammolarni ijobiy hal etish yo'llari muhokama qilindi.

Boshqaruv yig'ilishi yakunida ko'rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Интерактивные услуги

Единый портал интерактивных государственных услуг