Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

QAROR VA IJRO

2624 May 6, 2021 Print Download (PDF 779 Kb)


2021 yilgi Investitsiya dasturi asosida — Farg'ona yo'l qurilish va ta'mirlash unitar korxonasi tomonidan viloyatidagi 4K860a "Oxunboboev temir yo'l stantsiyasiga kirish" avtomobil yo'lining 3-6 km qismini rekonstruktsiya qilish ishlari olib borish ko'zda tutilgan edi.


Ushbu ob'ekt o'tuvchi ob'ekt hisoblanib rekonstruktsiya qilish ishlari xalqaro standartlar asosida amalga oshirish belgilangan.

2021 yil davomida mazkur ob'ektda 7224,3 mln.so'mlik rekonstruktsiya qilish ishlari bajarilishi lozim. Hozirgi kunda 1991,3 mln.so'mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.


Ayni paytda mazkur ob'ektda asfaltobeton qoplamasini yotqizish ishlari qizg'in davom ettirilmoqda.


Ushbu avtomobil yo'lining foydalanishga topshirilishi natijasida avtomobillarning harakat jadalligi ortadi hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi ta'minlanadi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interactive services

The Single Portal of interactive state services