Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

100 dan ziyod yangi yo'l texnikalari xarid qilindi

11782 21-Fevral, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 970 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarorida sohaga oid ko'plab vazifalar qatori qo'mita tarkibidagi korxonalarni yo'l-ta'mirlash texnikasi, moddiy-xomashyo resurslari bilan yetarli darajada ta'minlash, ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan edi. 

Darhaqiqat, zamonaviy transport oqimi sharoitida avtomobil yo'llaridan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olib, avtomobil yo'llaridagi qurilish va ta'mirlash ishlaridagi o'sib borayotgan talab – joriy quvvatlarni oshirish hamda qo'mita tarkibidagi korxona va tashkilotlar moddiy-texnika bazalarini mustahkamlash masalalarini – yagona texnologik talablar asosida, kompleks hal etilishini taqozo etardi.  Joriy talablar inobatga olingan holda, 2017-2018-yillar mobaynida 223 dona yangi – yo'l ta'miri va qurilishida ishlatiladigan texnikalarni xarid qilish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi. 


Yo'l ta'miri va qurilishi bo'yicha yagona texnik siyosatni olib borish maqsadida yo'l xo'jaligi texnikalarini markazlashtirilgan tarzda Xitoyning – O'zbekistondagi "UzXCMG" qo'shma korxonasi hammuassisi hisoblangan – "Xuzhou Construction Machinery Group Co Ltd." kompaniyasi bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida xarid qilinmoqda. Bu esa Respublikadagi yo'l xo'jaligi korxonalari tomonidan foydalaniladigan texnikalarnining ta'mirida yuzaga keladigan ortiqcha xarajatlarni qisqartirish imkonini ham beradi. 



Bugungi kunda yo'l qurilishi va ta'mirida ishlatiladigan 100 dan ortiq texnikalar xarid qilindi. Ular orasida quyidagilarni sanash mumkin: 

- har xil rusumdagi zichlagichlar;

- turli rusumdagi yo'l frezalari;

- avtogreyderlar;

- asfalt yotqizgichlar;

- asfalt-beton ishlab chiqarish zavodlari;

- zamonaviy ekskavatorlar.



Ayni paytda mazkur texnikalar Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tarkibidagi "Avtoyo'lta'minot" unitar korxonasi tomonidan olib kelinib, Respublikadagi yangi tashkil etilgan, yo'l qurilishiga ixtisoslashtirilgan korxonalarga tarqatilmoqda. 2018-yilning 1-yarmi davomida yana shuncha texnika olib kelinadi. 

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali