"QAMCHIQ" DOVONIDA AVTOMOBILLAR HARAKATI QAYTA TIKLANDI
Ob-havo keskin o'zgarib kuchli qor yog'ishi va
O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan
2023 yil 4 yanvardagi
65-son byulleteniga ko'ra, soat 00:00 da A-373 "M-39
Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon-Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining 228-253
km.lar oralig'ida qor ko'chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli avtomobillar
harakati vaqtincha to'xtatilgan edi.
Yo'lsozlarimiz tomonidan tegishli tashkilotlar bilan
birgalikda ko'rilgan tezkor chora-tadbirlardan so'ng soat 10:00 da dovondan
harakatlanuvchi barcha turdagi avtotransport vositalari uchun ikki tomonlama
harakat to'liq qayta tiklandi.
O'z navbatida barcha avtotransport vositasi
haydovchilariga ob-havo sharoitini hisobga olgan holda, yo'l harakati
qoidalariga rioya qilib harakatlanishini tavsiya qilib qolamiz.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi
Axborot xizmati