Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

ODAMLARNI BIRLASHTIRGAN "TASHABBUSLI BYUDJET" LOYIHA SAMARASI MAHALLARDA O'Z AKSINI TOPMOQDA

4611 29-Iyun, 2023 Chop etish Yuklab olish (PDF 26 Kb)


2021 yilda eksperiment tariqasida boshlangan "Tashabbusli budjet" 2 yil ichida yirik loyihaga aylandi.


Odamlarning o'z soliqlarini o'zlari taqsimlashdagi faolligi esa yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevni ham bee'tibor qoldirmadi. Davlat rahbarining topshirig'i bilan joriy yilda  fuqarolar tashabbuslariga 3,5 barobar ko'p mablag' ajratildi.

Andijon viloyatida ham mazkur loyiha juda katta ijobiy natija beryapti. Odamlar bu jarayonlarda bevosita o'zlari ishtirok etishib, o'zlari yashayotgan hududning infratuzilmalarni yaxshilash maqsadida bir yoqadan bosh chiqarib ovoz berishmoqda.

Andijon viloyati Xonobod shahrida  ham vatan ichra kichik vatan hisoblanmish mahallalar obodligi o'z navbatida insonlar kayfiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Loyihada g'olib bo'lgan "Navoiy" mahallasida ayni kunlarda ta'mirlash ishlari jadallik bilan boshlanib, yo'lsozlar tomonidan ko'chalar asfaltlanmoqda.

 

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Axborot xizmat

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali