Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida

2133 30-Iyun, 2023 Chop etish Yuklab olish (PDF 23 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o'zining yuksak azmu shijoati, ijodiy va intellektual salohiyati, iste'dod va qobiliyatini namoyon etib, halol va samarali mehnati, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan yurtimiz taraqqiyotiga, uning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo'shayotgan, ona Vatanimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlansin:    

Mambetyarova Ulbosin Musatdin qizi – Qo'ng'irot tumani "Mingjarg'an" mahalla fuqarolar yig'inidagi yoshlar yetakchisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi

Niyazimbetov Sherzod Kadirberdiyevich – Nukus tumanidagi "Biogumus" fermer xo'jaligi boshlig'i, Qoraqalpog'iston Respublikasi

Yo'ldoshev Raximjon Rafukjon o'g'li – Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari, Andijon viloyati

Ummataliyeva Moxlaroy Zokirjon qizi – Baliqchi tumanidagi 14-umumiy o'rta ta'lim maktabining geografiya fani o'qituvchisi, Andijon viloyati

Gorev Petr Denisovich – Buxoro shahridagi "Buyuk ipak tekstil" mas'uliyati cheklangan jamiyati dizayneri, Buxoro viloyati

Yusupova Chinora Anvar qizi – Vobkent tumanidagi "Chinar Mushroom tomorqa xizmat" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Nabiqulova Nafisa O'ktam qizi – "So'g'diyona-W" professional futbol klubining ayollar jamoasi futbolchisi, Jizzax viloyati

Usmonova Madina Ulug'bek qizi – Jizzax shahridagi "Grand Super Star" mas'uliyati cheklangan jamiyati kran mashinisti, Jizzax viloyati

Mansurova Zarina Anvar qizi – Qarshi tumanidagi 71-umumiy o'rta ta'lim maktabining informatika fani o'qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Xaqberdiyev Abdumannon G'afurovich – Muborak gazni qayta ishlash zavodining sex operatori, Qashqadaryo viloyati

Ravshanova Gulhayo Azamatovna – Navoiy viloyati "Ziyokor" ayollar va yoshlar markazi rahbari

Raxmonov Suxrob Yusupovich – Navoiy shahridagi "Bur Kompressor Navoiy" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati

Abdullayeva Zamira Muxtorjon qizi – Chortoq tumanidagi 22-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, Namangan viloyati

Rafikov Jaxongir Raximjonovich – Namangan shahridagi "Effortless Education Service" nodavlat ta'lim muassasasining "Start-21" o'quv markazi rahbari, Namangan viloyati

Balikova Charos Norbek qizi – Shashka bo'yicha O'zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a'zosi, Samarqand viloyati

Maxkamtosheva Marhabo Abduraxmon qizi – Samarqand davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Samarqand viloyati

Boqiyeva Feruza Sherali qizi – "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyatining "O'zbekiston" lokomotiv deposi "Afrosiyob" yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti yordamchisi, Sirdaryo viloyati

Toshbekov Jo'rabek Abdumalik o'g'li – Sirdaryo tumanidagi "Software-Developers-Group" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati

Abdumalikov Umidjon Abdumalik o'g'li – Termiz tumanidagi "Surxon Termiz Umid" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati

Ochildiyeva Dilnoza O'tkir qizi – Qiziriq tumanidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garak rahbari, Surxondaryo viloyati

Abdullayev Ruslan Anvar o'g'li – Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, Toshkent viloyati

Qiyomova Marjona Murodxo'ja qizi – Parkent tumanidagi "Kumushkon" kutubxonasi rahbari, Toshkent viloyati

Ibroximov Jaxongirmirzo Ulug'bek o'g'li – Marg'ilon shahridagi "Muhandisona" mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori, Farg'ona viloyati

Turg'unova Nodiraxon Abduraxim qizi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich magistranti, Farg'ona viloyati

Qalandarov Shohruhbek Mirzabek o'g'li – Xonqa tumanidagi "Xonqa chorva kapital" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Masharipova Guli Ra'no Ozodovna – "Edu Action" IELTS test markazining Xorazm viloyati bo'yicha bosh koordinatori

Achilova Diyora Alisherovna – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining xalqaro fakulteti yoshlar yetakchisi

Umirzakov Shahzod Baxtiyor o'g'li – Yunusobod tumanidagi "Tass Vision" mas'uliyati cheklangan jamiyati ta'sischisi, Toshkent shahri

Asqaraliyeva Mahliyoxon Akmaljon qizi – O'zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

Jo'raqulova Marjona Sadriddin qizi – O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining "Qizlar ovozi" klubi rahbari

Ikromova Taxmina Izatulloyevna – Gimnastika bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo'yicha sportchisi

Kadirov Azamat Azizovich – "Uzbekistan airways" aksiyadorlik jamiyatining Parvozlar xavfsizligi va sifat ta'minoti boshqarmasi "A-320" havo kemasi uchuvchi-noziri

Muxsumov Javlonbek Xusniddin o'g'li – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning xalqaro olimpiada zaxiralari markazi o'qituvchisi

Raxmonova Nargizaxon Baxtiyorjon qizi – O'zbek milliy maqom san'ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli artisti

Safarov Xudoynazar Sunnat o'g'li – "O'zbekgeologiyaqidiruv" aksiyadorlik jamiyatining Zarafshon dala geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi yer osti ishlari geologi

Usmanova Maftuna Anvarovna – Toshkent shahridagi "Sharoit plyus" nogironlar jamoat birlashmasining loyihalar koordinatori

Xamroyev Sardorbek Islom o'g'li – O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi

Elmurodova Nigina Baxtiyor qizi – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining buyrak transplantatsiyasi va reabilitatsiyasi bo'limi jarrohi

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh.Mirziyoyev

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali