Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

XALQARO EKSPERTLAR ISHTIROKIDA O'QUV – SEMINAR TASHKIL ETILDI

5442 21-Fevral, 2023 Chop etish Yuklab olish (PDF 406 Kb)


Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan bugun tashkil etilgan o'quv-seminarga Germaniyaning "Wirtgen Group" kompaniyasi hamda uning O'zbekistondagi rasmiy dileri "YO'LTES" kompaniyasi ekspertlari va qo'mita tarkibidagi korxona-tashkilotlar mutaxassislari taklif etildi.


Seminarda xalqaro ekspertlar avtomobil yo'lini sovuq regenerator (resaykling) holatda qayta tiklash jarayoni, W200FvaW220F yo'lfrezalarining imkoniyatlari va "Vogele" kompaniyasining S1800-3 rusumli asfalt yotqizish mashinasi hamda asfaltobeton va tsementobeton qoplamalarni yotqizish texnologiyalari haqida foydali ma'lumotlar berib o'tdi. 


O'quv-seminarda ishtirok etgan mahalliy mutaxassislar uchun yo'l-qurilish sohasidagi yangi innovatsion texnologiyalar haqidagi ushbu ma'lumotlar foydadan holi bo'lmadi, desak mubolag'a emas.


Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan xorijiy hamkorlar bilan tashkil etilgan ushbu tadbirdan asosiy maqsad – Xalqaro miqyosda ko'p yillik tajriba va malakaga ega bo'lgan xorijiy kompaniyalarning texnika-texnologiyalarini mamlakatimizda olib borilayotgan yo'l-qurilish sohasiga keng jalb qilish va uni yangi bosqichlarga olib chiqishdir.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Axborot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali