1-chorakda bajarilgan ishlar - amaliy misollarda
Avval xabar berganimizdek, Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi hamda uning tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan 2017 yilning o'tgan 1-choragi davomida Investitsiya dasturi bo'yicha 59,7 mlrd. so'mlik rekonstruktsiya ishlari, kapital ta'mirlash dasturi bo'yicha 9,4 mlrd. so'mlik, joriy ta'mirlash va saqlash ishlari bo'yicha esa 195,3 mlrd. so'mlik miqdoridagi bajarildi. 710 kilometrdan ortiq umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llari holati yaxshilandi.
Shulardan ba'zi misollar keltirsak.
A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining 208-274 kilometrlari oralig'ini qayta qurish doirasida, mazkur avtomobil yo'li hamda "Pop shahri–Toshkent–O'sh" avtomobil yo'li kesishmasida transport yechimi foydalanishga topshirildi. Namangan viloyati Pop tumani hududida qurilgan, uzunligi 48 metr hamda eni 10 metrdan iborat bo'lgan mazkur ko'prikning foydalanishga topshirilishi - poytaxt va Farg'ona vodiysi o'rtasida qatnovchi avtomobillarning o'z manzillariga tez va qulay yetib borishiga katta hissa qo'shadi.
Qashqadaryo viloyati Yakkabog' va Qarshi tumanlaridagi ishlab chiqarish va sanoat bazasi tubdan modernizatsiya qilindi. Bu ishlar sirasiga – bitum saqlash omborlarining qayta qurilgani, "Tanxoz" daryosi ustidan 42 pm uzunlikda, kar'erga olib boruvchi barpo qilingani, tosh maydalash va saralash uskunalari hamda 782 metr uzunlikdagi temir yo'l shahobchalarining rekonstruktsiya qilingani, "Shayxali" va "Tanxoz" asfalt-beton tsexlarida 14 906 metr masofadagi yuqori bosimli gaz quvurlarining tortilgani kabi ishlarni kiritish mumkin.
Mazkur asfalt zavodlarining qayta ishga tushirilgani Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi avtomobil yo'llari qurilishi va ta'miri ishlarida ijobiy burilish yasashga hissa qo'shadi.
Аvtomobil yo'llari davlat qo'mitasi
matbuot xizmati