2017 -2018 yillar I -yarim yillik yakunlariga ko'ra Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining asosiy faoliyat ko'rsatkichlari to'g'risida taxliliy MA'LUMOT
T/r | Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatgichlar | O'lchov birligi | 2017 y I-yarim yillik amalda | 2018 y I-yarim yillik amalda | 2017 yilning I-yarim yillikka nisbatan(%) |
---|---|---|---|---|---|
Bajarilgan ish xajmi, jami | mlrd.so'm | 1035,9 | 1249,8 | 120,6 | |
shu jumladan: | |||||
1 | Investitsiya dasturi bo'yicha | mlrd.so'm | 172,6* | 218,7* | 126,7 |
km | 39,5 | 97,7 | 247,3 | ||
2 | To'la ta'mirlash ishlari | mlrd.so'm | 25,6 | 82,7 | 323,0 |
km | 21,5 | 21,5 | 100,0 | ||
3 | Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash | mlrd.so'm | 326,1 | 124,9 | 38,0 |
km | 2760,0 | 1342,7 | 49,0 | ||
4 | Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlari | mlrd.so'm | 390,0 | 676,1 | 173,3 |
km | 850 | 1275 | 150,0 | ||
5 | Sanoat ishlab chiqarish xajmi | mlrd.so'm | 121,6 | 147,4 | 104,1 |
6 | Yangi ishjoylarini yaratish | kishi | 221 | 232 | 105,0 |
7 | Qora metall chiqindilarini topshirish | tonna | 8785 | 8792 | 100,0 |
* Xalqaro moliya institutlari mablag'lari hisobiga, xorijiy pudrat korxonalari tomonidan bajarilgan ish hajmi bilan birga.
Qo'mita tizimidagi korxona vatashkilotlarda 2018 yilning I –yarim yilligi davomida Investitsiya dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 218,7 mlrd. so'mlik qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ko'rsatkich 2017 yilning xuddishu davriga nisbatan 126,7 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari to'la ta'mirlashdasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 82,7 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkich esa o'tgan yilining I –yarim yillikka nisbatan 323,0 foizga oshgan.
2018 yilning I –yarim yillik yakunlari bo'yicha Respublikamizdagi 1342,7 km mintaqaviy avtomobil yo'llarinita'mirlandi. Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 41,0 km, Andijonda 185,7 km,Buxoroda 111,9 km, Jizzaxda 48,1 km, Qashqadaryoda 114,9 km, Navoiyda 91,1 km, Namanganda 143,9 km,Samarqandda 111,8 km, Surxandaryoda 173,6 km, Sirdaryoda 36,7 km, Toshkent viloyatida 84,1 km, Farg'onada 121,8 km, Xorazmda 64,8 km hamda Toshkent shahrida 13,4 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida ta'mirlash ishlari olib borildi. Mintaqaviyichki yo'llar ta'miri hajmi esa o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan 49,0 foiznitashkil etadi.
2018 yil I–yarim yillik davomida Respublikabo'yicha avtomobil yo'llarida 42695 km uzunlikdagiyo'llardan 676,1 kmdan iborat qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu esa 2017 yilining I –yarim yillikka qaraganda 173,3 foizni tashkil etadi.
Qo'mita tizimidagi korxonlar tomonidan 2018 yil I–yarim yillikda 147,4mlrd. so'mlik sanoat mahsulotlariishlab chiqarildi. Mazkur ko'rsatkich 2017 yilining I –yarim yillikka nisbatan 104,1 %ni tashkil etganligini ko'rsatadi.
Tizim korxonlari tomonidan 2018 yil I –yarimyillikda 232 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2017 yilining mos ravishdagi tegishli davriga qaraganda 105,0 foizni tashkil etadi.
Korxonlar tomonidan qora metall chiqindilari topshirishko'rsatkichi 2018 yil I –yarim yillikda 8792 tonnani tashkil etadi. Bu – qariyb o'tgan yilgi darajadaqolib, kamayishga yo'l qo'yilmagan.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining 2018 yil I–yarim yillikda – umumiy bajarilgan ishlarxajmi – 1249,8 mlrd. so'mlikdan iborat. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning I–yarim yillikka nisbatan 120,6 foiz ni tashkil etganliginiko'rsatadi.